Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Deyan Jurjevich: “Omadsizlik ortda qoldi”

Deyan Jurjevich: “Omadsizlik ortda qoldi”

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliga 17-turi doirasidan o‘rin olgan “Andijon” – “Navbahor” jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan “vodiy derbisi”dan so‘ng bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanining birinchi qismida “Navbahor” bosh murabbiyi Deyan Jurjevich ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi. Quyida uning fikrlarini e’tiboringizga havola etamiz.        

-  Mazkur uchrashuv borasida gapirish qiyin. Ammo meni bugungi o‘yindan ko‘ra, maydonning holati futbolchilarga yaxshiroq to‘p surish imkoniyatini bermaganligi ko‘proq ranjitdi. Bunday maydonda esa futbol o‘ynash oson emas. Maydon sifatli bo‘lganida, bugungi bahsdan muxlislar yanada ko‘proq huzur olgan bo‘lardilar. Afsuski, buning iloji bo‘lmadi.

  Jamoamiz ushbu o‘yingacha ikkita bahsda mag‘lubiyatga uchragandi. Shunday bo‘lsa-da, shogirdlarimning vaziyatni o‘nglay olishlariga ishonchim komil edi. Chunki yigitlar mashg‘ulotlar jarayonida ham, maydonda ham   astoydil ter to‘kishayotgan, faqat omadimiz kelmayotgandi. Futbolchilar nimaga qodir ekanliklarini bugun amalda isbotlashdi. Odatda o‘yinlar qovushmasa va ochkolar qo‘lga kiritilmasa, futbolchilarning hafsalasi pir bo‘ladi. Quvonarlisi, yigitlar g‘alaba qozonish uchun astoydil ter to‘kdilar hamda ushbu urinish zoye ketmay, omad bizga kulib boqdi. Gol urdik, yana ikkita qulay vaziyat yuzaga keldi. Bugungi uchrashuvda qo‘lga kiritilgan uch ochkoning qiymati juda yuqori. Boisi, shuning evaziga futbolchilarimiz ruhan o‘zlarini tiklab oladilar. Bundan buyog‘iga bizga ancha yengil bo‘ladi. Muhimi, omadsizlikdan xalos bo‘lib, juda zarur bo‘lgan g‘alabaga erishdik.

Jurjevich rasmi 4

  Kiyim almashtirish xonasida shogirdlarimga: “Biz g‘alaba qozondik hamda omadsizlik ortda qoldi. Bugungi o‘yinni unutib, endi keyingi “Nasaf”ga qarshi kechadigan bahsga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak”, dedim. Omadsizlik ortda qolganligiga umid qilaman.

  O‘z navbatida jamoamizga munosib raqiblik qilgan “Andijon”ga ham minnatdorchilik bildiraman. Umid qilamanki, keyingi safar Andijonga tashrif buyurganimizda, maydonning holati bugungidan ancha yaxshi bo‘ladi.

- Siz Andijonga uchinchi marta tashrif buyurdingiz. Bungacha esa Liga kubogi bahsida “Andijon” va “Navbahor” yoshlari ishtirokidagi o‘yinni kuzatgandingiz. So‘ngra, “Andijon” – “Buxoro” uchrashuvini ham bevosita stadionda tomosha qilgandingiz. Bo‘lajak “vodiy derbisi” oldidan raqibni qanchalik o‘rgandingiz?

Albatta, o‘zini hurmat qiladigan har qanday murabbiy bo‘lajak raqibning qanday imkoniyatlarga ega ekanligini o‘rganadi. Men ham “Andijon”ning o‘yin uslubini  o‘rgandim. Lekin meni o‘z qo‘l ostimdagi jamoa ko‘proq qiziqtiradi. Mazkur uchrashuv oldidan raqibning o‘yinlarini tahlil qilib, kuchli hamda kuchsiz jihatlarini o‘rgangandik. Endi shuni ishonch bilan ta’kidlaymanki, “Andijon”ning o‘yin uslubini yaxshi tahlil qilgan ekanmiz. Aks holda, g‘alaba qozona olmagan bo‘lardik. Aytishim joizki,  “Andijon”  ham juda yaxshi jamoa va  bizga munosib qarshilik ko‘rsata oldi. Mezbonlarni oldinda jiddiy raqiblarga qarshi qiyin uchrashuvlar kutib turibdi. Ayniqsa,  keyingi turda turnir jadvali peshqadami “Paxtakor” bilan kechadigan o‘yinda “Andijon”ga omad yor bo‘lishini tilab qolaman.

- Bugungi uchrashuvni boshqargan hakamlar haqida nima deya olasiz?

Murabbiylik faoliyatimni boshlaganimga 20 yildan oshgan bo‘lsada, shu paytgacha hakamlar ishini muhokama qilmaganman hamda bundan keyin ham ushbu an’anamga sodiq qolishni istayman. Ular o‘z ishlarini bajarishyapti. Murabbiylarga hakamlarning ishiga baho berish yarashmaydi. Ularning ishini nazorat qiladiganlar bor.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 11:36, 19.08.2019.
O'qildi: 1942 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.