Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Toshkentda o‘smirlar futboli bo‘yicha FIFA elit kurslari start oldi

Toshkentda o‘smirlar futboli bo‘yicha FIFA elit kurslari start oldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi mamlakatimizda bolalar va o‘smirlar futbolini yanada rivojlantirish maqsadida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

Jumladan, kecha “Chig‘atoy” sport bazasida bolalar va o‘smirlar futboli bo‘yicha FIFA elit kurslari start oldi. O‘FA hamda FIFA hamkorlikda tashkil etayotgan mazkur kurslarni FIFA va OFK instruktori, OFK tehnik konsultanti Islom Ahmedov olib bormoqda.

O‘quv jarayoni o‘z ichiga amaliy va nazariy mashg‘ulotlarni qamrab oladi. Qolaversa, guruhlarda ishlash hamda umumiy tahlil jarayoni ham o‘tkaziladi.

Ushbu kurslardan ko‘zlangan asosiy maqsad – yurtimizda bolalar va o‘smirlar futbolini rivojlantirish, qolaversa mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan futbol akademiyalari samaradorligini yanada oshirish sanaladi.

Kurslarda O‘FA qoshidagi futbol akademiyalari tehnik direktorlari, shuningdek,  klublar qoshida faoliyat olib borayotgan futbol akademiya va maktablari direktorlari ishtirok etishmoqda. 

Ta’kidlash joiz,  mazkur kurslar 23 avgustga qadar davom etadi.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 11:42, 20.08.2019.
O'qildi: 1470 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик