Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari 1-1 Lechche
05/05 17:00 Osasuna 0-2 Betis
05/05 18:00 Navbahor 4-0 Lokomotiv
05/05 18:00 Brayton 1-0 Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi 5-0 Vest Xem
05/05 18:00 Empoli 0-0 Frozinone
05/05 18:00 Verona 2-1 Fiorentina
05/05 18:30 Bunyodkor 0-2 Surxon
05/05 19:15 Selta 3-2 Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul 4-2 Tottenhem
05/05 21:00 Milan 3-3 Jenoa
05/05 21:30 Valensiya 0-1 Alaves
05/05 23:45 Roma 1-1 Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 18:00 Qizilqum 1-1 Neftchi
06/05 21:00 Salernitana 1-2 Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D

«Vse na myach» nashri Osiyoning ramziy terma jamoasini tuzdi. Tarkibda biznikilar ham bor!

«Vse na myach» nashri Osiyoning ramziy terma jamoasini tuzdi. Tarkibda biznikilar ham bor!

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Rossiyaning ko‘zga ko‘ringan «Vse na myach» kanali kuni kecha Osiyo qit’asining eng kuchli futbolchilaridan tashkil topgan ramiziy terma jamoani e’lon qildi. Tarkib hozirda to‘p surayotgan futbolchilardan tashkil topgan. Bundan tashqari, jurnalistlar har bir futbolchiga kichik ta’rif berib o‘tishgan. Qiziqarli ma’lumotni sizga ilindik.

Darvozabon

Michel Langerak (Avstraliya)

2010-yilda futbolchini Yurgen Klopp Yevropaga olib kelgan edi. To‘g‘ri u «Borussiya»da asosiy darvozabon bo‘la olmadi, biroq o‘zini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi. U 5 yil davomida Dortmund klubi bilan Bundesligadagi barcha sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Hozirda u Yaponiyada to‘p surmoqda. Qahramonimiz 2015-yilda bo‘lib o‘tgan qit’a chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Himoyachilar

Niko Yennaris (Xitoy)

«Arsenal» safidagi o‘yinlari bilan ko‘pchilikka tanish bo‘lgan futbolchining onasi xitoylik bo‘lib futbolchi onasining iltimosiga ko‘ra, Xitoy terma jamoasi o‘yinchisiga aylandi. Uni endilikda  Li Ke deb chaqirishmoqda. Ayni damda «Bejing Goan» klubi futbolchisi

Yuto Nagatoma (Yaponiya)

«Inter» safidagi o‘yinlari bilan muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan futbolchi qit’adagi eng agressiv himoyachilardan biri. 2019-yilda u ikkinchi bor Osiyo chempionligini  qo‘lga kiritishi mumkin edi, biroq Qatar finalda kuchliroq ko‘rindi.

Vitaliy Denisov (O‘zbekiston)

O‘zbekistonlik «Tor» o‘z yurti klublarida to‘p surmagan! Ukrainaning «Dnepr»da va Rossiyaning «SSKA», «Spartak Nalchik», Krilo Sovetov” «Lokomotiv» singari jamoalarida to‘p surgan. Denisov «Lokomotiv» safida Rossiya chempionatini va kubogini qo‘lga kiritga. Bundan tashqari 2013-yilda uni O‘zbekistonda yilning eng yahshi futbolchisi deb e’tirof etishgan! Hozirda u «Rubin» jamoasi a’zosi sanaladi

Yarim himoyachilar

Odil Ahmedov (O‘zbekiston)

Uning kariyerasi «Anji» bo‘lmaganida tamoman boshqacha tus olishi mumkin edi. Gap shundaki, 2012-yilda uni shaxsan Arsen Venger «Arsenal»ga taklif qilgan, «to‘pchilar» rasmiy taklif bilan ham chiqqan edi. Afsuski, «Anji» uni sotishdan bosh tortadi va uning transferini bloklab qo‘yadi. Keyinchalik klub qiyin ahvolda qolgach, uni «Krasnodar»ga sotib yuboradi. Hozirda Oskar va Halk singari futbolchilar bilan Xitoyda to‘p surayotgan o‘zbek ichki chempionatda g‘olib bo‘lishni uddasidan chiqdi!

Shinji Kagava (Yaponiya)

Yurgen Kloppning «Borussiya»sida fantastik o‘yin ko‘rsatgan futbolchi o‘z faoliyati davomida APLda ham g‘olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Afsuski, so‘nggi yillarda uning o‘yini keskin tushib ketdi.

Ki Son Yon (Janubiy Koreya)

8 yildan beri APL klublarida to‘p surayotgan futbolchi o‘zining ishonchli o‘yinlari bilan muxlislar yoqimtoyiga aylangan. U «Suonsi» bilan «Liga Kubogi» musobaqasida g‘olib bo‘lgan. Bundan tashqari Shotlandiya chempionligini ham qo‘lga kiritgan. Koreyarlik futbolchi terma jamoasi safida London Olimpiyadasida bronzo medallarga ham ega chiqqan.

Honda (Yaponiya)

«SSKA»dagi o‘yinlari bilan Yevropaning top klublari e’tiborini tortgan yapon ko‘p o‘tmay «Milan» safiga borib qo‘shildi. Afsuski, 4 mavsum davomida o‘z o‘yinini ko‘rsata olmadi va kontrakt so‘ngida Meksikaga yo‘l oldi. Keyinchalik Avstraliya klublaridan birida to‘p surdi. Hozirda u Kombodja terma jamaosining o‘ynovchi murabbiyi sanaladi!

Hujumchilar

Son Hyun Min (Janubiy Koreya)

Tarkibdagi yulduz va qit’aning eng qimmat futbolchisi. O‘tgan mavsumda futbolchi ajoyib o‘yinlari bilan millionlab muxlislarning qalbidan joy oldi.  Uning mehnatlari sababli «Tottenhem» o‘z tarixida ilk bor YECHL finalida o‘ynadi. Agarda koreyalikning «Man Siti» darvozasiga kiritgan gollari bo‘lmaganida, «Shporlar» chorak finaldayoq ortga qaytishga majbur bo‘lishar edi.

Serdar Azmun (Eron)

«Zenit» tarkibida yana bir bor top hujumchi ekanligini isbotlab qo‘ygan futbolchi Osiyoda ko‘zga ko‘ringan yulduzlardan biri. Hozirda futbolchini Yevropaning top klublari kuzatib bormoqda. Agarda Azmun YECHLda ishonchli o‘yin ko‘rsatsa, Rossiyda uzoq qolmasligi aniq!

Sindzi Okazaki

«Lester» ertagining bosh qahramonlaridan biri sifatida tarixda abadiy qolgan futbolchini bu ro‘yhatga qo‘shmaslik mumkinmas edi. Futbolchi ko‘plab takliflar bo‘lishiga qaramasdan «tulkilar» sharafini shartnoma yakuniga qadar himoya qildi va erkin agent sifatida «Malaga» jamoasiga o‘tib ketdi.

Bosh murabbiy

Qurban Berdiyev

Turkmanistonlik mutaxassis o‘z vaqtida Turkmaniston terma jamoasida faoliyat olib borgan. Bundan tashqari murabbiy Turkiya, Qozog‘iston singari davlatlarda malaka oshirishga muvaffaq bo‘lgan. Murabbiyning chinakam yulduzli onlari «Rubin»ni boshqargan damlarga to‘g‘ri keladi desak, adashamgan bo‘lamiz. Uning qo‘l ostidagi klub Rossiyadagi baracha sovrinlarni qo‘lga kiritgani bilan tarixda qoldi. Bundan tashqari, Berdiyev «Rostov» bilan ham ancha-muncha shov-shuv ko‘targani ko‘pchilikning yodidan chiqqanicha yo‘q. Uning qo‘l ostida «Rostov» ichki chempionatda kumush medallarni qo‘lga kiritdi va ilk bor YCHLda to‘p surdi. Eng qizig‘I shundaki, «Rostov» guruh o‘yinlarida «Bavariya» va «Ayaks» ustidan g‘alaba qozonishga ham muvaffaq bo‘lgan!

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:14, 21.08.2019.
O'qildi: 13399 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.