Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu rukndagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Sulsher qishda jamoani kuchaytirmoqchi

“«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Ona Gunnar Sulsher qishda jamoani kuchaytirish maqsadida rahbariyat pul ajaritishini rasman e’lon qildi”,-deb xabar bermoqda «The Sun» nashri.

Manba tarqatgan xabarlarga qaraganda, «Manchester Yunayted» qishda bir nechta katta transferlarni amalga oshirishni niyat qilmoqda. Bundan tashqari, klub rahbarlari Lukakuning transferidan tushgan pulni ham qishki transfer oynasi uchun ishlatilishini e’lon qilishgan.

PSJ ikkita darvozabonni kuzatmoqda

Fransuz nashrlarining xabar berishicha, PSJ transfer oynasi yopulguniga qadar darvozabon sotib olishni rejalashtirmoqda.

Tomas Tuxelning klub darvozabonlaridan ko‘ngli to‘lmayapti. Hozirda Parij jamoasi “Real Madrid" kipperi Keylor Navas  va «Milan» darvozaboni Donnaruma borasida muzokalarga kirishishni reja qilmoqda. Navas o‘z jamoasida asosiy tarkibdagi o‘rnini berib qo‘ygan bo‘lsa, Donnaruma Minolaning mijozi va u bunday taklifni qo‘ldan chiqarib yubormasligi aniq. Hozirda aynan ikki darvozabondan biri klubga kelishi kutilmoqda. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

«Bavariya» yosharmoqda

Myunhenning «Bavariya» jamaosi klub faxriylari Robben va Riberidan so‘ng  Jerom Boateng bilan ham hamkorlikni to‘xtatishga qaror qildi.
Klub himoyachini trasnferga qo‘ydi. «Bavariya» himoyachi uchun 25 million yevro talab qilayotgan bo‘lsada, futbolchi uchun da’vogarlar paydo bo‘lsa, uni arzonroqqa ham qo‘yub yuborishi mumkin.
Gap shundaki, yangi mavsumda «Bavariya» to‘liq yosh futbolchilarga suyanib harakat qilishni oldiga reja qilib qo‘ygan.

«Arsenal» Genduzini olib qolmoqchi

Londonning «Arsenal» jamoasi yarim himoyachisi Matteo Genduzining o‘yinlaridan qoniqish hosil qilmoqda va uni jamoada olib qolish maqsadida yangi shartnoma taklif qilishni reja qilmoqda
«Readfootball» nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra, «to‘pchilar» Genduziga 5 yillik shartnoma taklif qiladi. Bundan tashqari «Arsenal» 20 yoshli futbolchining maoshini haftasiga 70 ming yevroga ko‘tarishmoqchi. Futbolchi shu kunga qadar haftasiga 40 ming yevro maosh olayotgan edi.

Ikardi ertagi o‘z yakuniga yaqinlashmoqda

Milanning «Inter» jamoasi hujumchisi Mauro Ikardi «Inter» safini tark etishi mumkin.
Gap shundaki, futbolchi uchun «Napoli» 65 million yevro to‘lashga rozi bo‘ldi va «Inter» ham o‘z hujumchisini «Napoli»ga qo‘yib yuborishga qarshi emas. Endilikda «Napoli» va futbolchi shaxsiy shartnoma borasida kelishib olisa bo‘lgani edi. Afsuski, Ikardi «Yuventus»ga o‘tishni istamoqda va futbolchi «Yuventus» bilan shartnoma borasida to‘liq kelishib bo‘lgan, biroq «Inter» o‘z raqibiga Ikardini berishni istamayapti. Umuman olganda, anchagina chigal vaziyat yuzaga kelmoqda. Voqealar rivojini kuzatishda davom etmiz.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 03:33, 22.08.2019.
O'qildi: 8784 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.