Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Aleksandr Petrov: "Agarda tarkibga 1-2 nafar legioner qo‘shilsa, unda Osiyo chempionatida bemalol chempionlik uchun ko‘rasha olamiz"

Aleksandr Petrov: "Agarda tarkibga 1-2 nafar legioner qo‘shilsa, unda Osiyo chempionatida bemalol chempionlik uchun ko‘rasha olamiz"

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

AGMK futzal jamoamiz bosh murabbiyi Aleksandr Petrov Osiyo chempionatidagi ishtirok va undan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Jamoamiz Osiyo chempionatida yaxshi ishtirok etdi. Buni mutaxassis-u, muxlislar ham e’tirof etishdi. Shunchaki uchinchi o‘rin uchun bo‘lgan bahsda bizga biroz omad kelmadi. Avtogol o‘yin tizginini butkul o‘zgartirib yubordi. Yigitlar ancha yosh va tabiiyki ba’zi vaziyatlarda ularga tajriba yetishmadi. Shunga qaramasdan jamoamiz oxirigacha kurashdi. Mazkur musobaqa yosh futzalchilar uchun juda katta narsa berdi. Kelajakda bu musobaqada toblangan yoshlar, ularning to‘plagan tajribasi hali ko‘p as qotadi. Terma jamoa o‘zagi ham AGMKdan tashkil topganini inobatga olsak, bu milliy jamoamiz uchun ham katta foyda beradi. Agarda chempionatda yana chempionlikni qo‘lga kiritsak, unda kelasi mavsum Xudo xohlasa Osiyo chempionatidagi natijamizni yanada yaxshilaymiz. Umuman olganda Osiyo chempionatidagi o‘yinimizdan ham, natijadan ham qoniqdim.

— Agarda jamoamizga tajribali, mahorati yuqori bo‘lgan 1-2 nafar legionerni qo‘shsak, unda bemalol chempionlik uchun ham kurasha olishimiz mumkin. Masalan vyetnamliklarda yaponiyalik legioner barcha ishni amalga oshirdi. Yaponiyada esa braziliyalik futzalchi barcha masalaga nuqta qo‘ydi. Eron jamoasida esa mahalliy futzalchilarning o‘zi kuchli.

— Rahbariyat tomondan berilgan e’tibor va yaratilgan sharoitlardan ko‘ngil to‘ldi. Buning uchun ularga rahmat. Yigitlarga munosib ishtirok uchun kerakli miqdorda mukofot berilishi aytilgan. Shu boisdan ham har taraflama barchasi joyida. Endi bor e’tiborni ichki chempionatga qaratamiz. Hordiq chiqarish uchun fursat yo‘q. Bu bilan to‘xtab qolish yo‘q. Hali oldinga intiladigan manzillar juda ko‘p.

— Hech kimni ajratib ko‘rsatishni istamasdim. Chunki bizning eng katta kuchimiz bir jamoa bo‘lib jipslasha olganimiz. OFKda ham aynan jamoaviy kuchli o‘yin ko‘rsatganimizni alohida e’tirof etishdi. Bizda nomlar yoki individual mahorat sohiblari emas, butun jamoa o‘ynadi. AGMKning eng katta kuchi - jamoa bo‘la olganligi.

Manba: АГМК матбуот хизмати
Kiritildi: 16:13, 23.08.2019.
O'qildi: 2083 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик