Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Borussiya D 1-0 PSJ
02/05 20:30 Iroq 2-1 Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi 2-0 Tottenhem
03/05 20:30 Yaponiya - O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza - Monpelye
03/05 23:45 Torino - Bolonya
04/05 00:00 Luton - Everton
04/05 00:00 Lans - Loryan
04/05 00:00 Xetafe - Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu rukndagi songgi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

«Bavariya» davom etmoqda

“Myunhening «Bavariya» jamoasi o‘z safini kuchaytirish maqsadida navbatdagi transferga qo‘l uradi”-deb xabar tarqatmoqda «Readfootball» nashri.

Manba tarqatgan xabarlarga qaraganda, Myunhen klubi «Espanyol» jamoasi yarim himoyachisi Markos Roka borasida ispan klubiga yana taklif jo‘natgan. Avvalroq «Bavariya» futbolchini qo‘lga kiritish maqsadida taklif jo‘natgan edi. «Espanyol» rahbarlari o‘z futbolchisini 40 million yevrodan kamiga sotmasligini e’lon qilgach, tejamkor nemis klubi Rokani qo‘lga kiritish fikridan qaytgan edi. Endilikda, «Bavariya» jamoani tark etish arafasida turgan Sansheshning o‘rnini to‘ldirish maqsadida Markos Rokani sotib olishga qaror qildi.

22 yoshlik futbolchi «Bavariya» bilan allaqachon shaxsiy shartnoma borasida kelishib olgan. Buyog‘iga ikki klub muzokarlarni ijobiy hal etsa, bo‘lgani.

«Dinamo» «Uotfurd» hujumchisini ko‘zlamoqda

Moskvaning «Dinamo» jamoasi transfer oynasi yopilishiga qadar yana bir transferni amalga oshirishni reja qilmoqda.

Hozirgi kunda Angiliyaning «Uotfurd» klubi hujumchisi sanaladigan Okaka Chuka «Dinamo» transfer nishonida turibdi. Moskvaliklar futbolchini sotib olish sharti bilan bir mavsumga ijaraga olishni reja qilmoqda. «Uotfurd» jamoasi bunga qarshi emas. Futbolchining transfer summasi oshkor qilinmagan bo‘lsada, Okakaning agenti hozirda Moskvada bo‘lib turibdi. Agarda ikki klub o‘zaro kelishuvga erishsa, tez orada RPLda yana bir kuchli hujumchi paydo bo‘ladi.

Keylor Navas PSJ bilan kelishib oldi

«Real Madrid» jamoasi sharafini uzoq yillardan beri qo‘riqlab kelgan darvozabon shu kunlarda PSJ futbolchisga bo‘lishga juda yaqin turibdi.

Parij klubi Keylorni harid qilish maqsadida «Real Madrid» tomonidan talab etilayotgan 20 million yevroni to‘lashga tayyor ekanligni rasman e’lon qildi.

Navas «Real Madrid»ning ikkinchi darvozaboni bo‘lishni istamagani bois, klubdan ketishga qaror qildi va PSJ tomonidan «qirollik klubi»da olayotgan maoshida kamroq maosh belgilangan shartnoma borasida kelshib ham olishga muvaffaq bo‘ldi.

«Yuventus» transfer oynasini portlatmoqchi

Turinliklar PSJ jamoasiga  futbolchi ayrboshlashning bir nechta yo‘llarini taklif etishni reja qilmoqda. Klub birinchi navbatda Paulo Dibalani Parij klubiga taklif qiladi va uning o‘rniga Anhel Di Maria, Veratti yoki Drakslerlardan birini qo‘lga kiritishni istamoqda.
Hozirda Sarri tomonidan jamoaga kerak emas deb topilgan bir nechta futbolchilar PSJ transfer nishonida turganidan xabaringiz bor.

Bundan tashqari, Pyanichning PSJga o‘tishi borasida ham xabar berib o‘tgan edik. Endilikda «keksa seniora» o‘z futbolchilarini taklif qilish orqali, yuqorida nomi zikr qilingan futbolchilarni qo‘lga kiritishni istamoqda.
«Yuventus» Dibaladan tashqari , PSJga Sami Hedirani taklif qiladi.

Falkaoga Ispaniyadan takliflar kelib tushmoqda

«Monako» jamoasi sardori Radamel Falkao Turkiyaning «Galatasaray» jamoasi bilan muzokarlar olib borayotgan bir payda unga Ispaniyadan takliflar kelib tushmoqda.

Eng qizig‘i shundaki, ular orasida futbolchining sobiq jamoasi «Atletiko Madrid» ham mavjud. bundan tashqari kolumbiyalk futbolchining hizmatlariga «Valensiya» ham qiziqish bildirmoqda. «ko‘rshapalaklar» Rodrini qo‘ldan chiqarib yuborgach, Radamelni harid qilishni rejalashtirmoqda. Falkaoning keyingi manzili qayer bo‘lishi savol ostida qolmoqda. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Anchelotti Ikardi transferi haqida qanday fikrda?

«Napoli» jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti «Inter» hujumchisi Mauro Ikardining transferi borasidagi savollarga javob qaytardi.
Murabbiy jurnalistlar bilan bo‘lgan matbuot anjumanida shu masala bo‘yicha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“To‘g‘risi, menga Ikardi borasidagi yangiliklarning umuman qizig‘I yo‘q. Bunday masalalar bilan shug‘ullanish uchun klubda mahsus o‘qimishli insonlar mavjud.
Men faqat o‘z jamoam va uning g‘alabalari haqida bosh qotiraman. Oldinda bizni «A seriya»ning ilk turida «Fiorentina»ga qarshi o‘ta muhim va og‘ir kechishi kutilayotgan bahs kutib turibdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 03:48, 24.08.2019.
O'qildi: 10205 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.