Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Coca Cola Superliga prevyusi. “Bunyodkor” - “Lokomotiv”

Coca Cola Superliga prevyusi. “Bunyodkor” - “Lokomotiv”

Baho:
+ | -

Bugun Coca Cola Superligasi 18-tur bahslariga start beriladi. O‘zbekistonning amaldagi chempioni “Lokomotiv” Toshkent derbisida “Bunyodkor” mehmoni bo‘ladi.

Aytish mumkinki, bu turning yeng markaziy uchrashuvi. Jamoalarni turnir jadvalida faqat 4 ochko ajratib turibdi. “Paxtakor” 47 ochko bilan ikkinchi o‘rindagi “Lokomotiv”dan 13 ochkoga ilgarilab ketgan. “Loko” hisobida 34 ochko bor va ikkinchi o‘rinda ketyapti. “Temiryo‘lchilar”ni izma-iz ta’qib yetib kelayotgan “Bunyodkor” yesa 30 ochko bilan 3-o‘rinni yegallab turibdi.

Ko‘rib turganingizdek, bugun “Bunyodkor” stadionida yonma-yon o‘rinlarda borayotgan ikki kuchli jamoa qarama-qarshiligi guvohi bo‘lamiz. “Bunyodkor” mavsum boshidan beri uy uchrashuvlarini goh Olmaliqda, goh TTYMI stadionida o‘tkazib keldi. Stadionga yangi yotqizilgan chim tayyor holatga kelgani uchun rahbarlar “Bunyodkor” stadionida hech bo‘lmasa bitta o‘yin o‘tkazishga rozilik bildirishdi.

Bugungi o‘yin nimasi bilan muhim? Avvalo jamoalar o‘rtasidagi ochkolar farqi yaqinligi bilan. Chunki to‘rt ochko katta yemas, shu bois ikkala jamoa ham faqat g‘alabani ko‘zlab harakat qiladi. “Bunyodkor” to‘rt ochkolik farqni uchtaga qisqartirishga, “Loko” yesa 7 ochkolik farqni yuzaga keltirib “Bunyodkor”dan yanada ildamlab ketishga harakat qiladi.

Vaziyatga real qaraydigan bo‘lsak, bu yil Paxtakor“ chempion bo‘lishi yehtimoli juda yuqori. Kurash asosan ikkinchi o‘rin uchun kechmoqda va bunda aynan bugungi raqiblar kumush medallarga asosiy da’vogar hisoblanadi. Qolaversa bugun nafaqat ikki jamoa, balki o‘ziga yarasha nom qozongan murabbiylarning ham o‘zaro ”duyeli“ guvohi bo‘lamiz.

Hozirda ”Bunyodkor“da ishlayotgan Vadim Abramov uchun sobiq jamoasiga qarshi bahs olib borish alohida ahamiyat kasb yetadi. ”Loko" ustozi Samvel Babayan yesa bugun safarda birinchi uch ochkosini qo‘lga kiritishga harakat qiladi.

"Bunyodkor” uydagi o‘yinlarni ko‘tarinki ruhda o‘tkazyapti. Jamoa qatorasiga oxirgi uchta uy o‘yinida g‘alaba qozondi. “Qaldirg‘ochlar” navbati bilan “Dinamo” (4:2), “Surxon” (3:0) va “Metallurg” (1:0) klublarini mag‘lub yetishdi. “Bunyodkor” oxirgi ikkita uy bahsida o‘z darvozasidan gol o‘tkazmadi.

Bilasizmi? “Bunyodkor” bu yil hisobidan “o‘z maydonida” faqat bitta o‘yinda mag‘lub bo‘lgan. Superliga 2-turida jamoa “Paxtakor” stadionida “Paxtakor”ga qarshi mezbon sifatida to‘p tepib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan. “Lokomotiv” o‘tgan turda “Nasaf”ni 1:0 hisobida mag‘lub yetdi. “Loko” uydagi o‘yinlarda g‘alabaga yerishyapti, biroq safarda negadir omad kelmayapti.

“Temiryo‘lchilar” safarda “Nasaf”ni mag‘lub yetib qaytishganidan beri uchta o‘yinni safarda o‘tkazib boshqa zafar qucha olishmadi: ikki mag‘lubiyat va bir durang. “Lokomotiv” Samarqandda “Dinamo”ga 1:2, Jizzaxda “So‘g‘diyona”ga 0:1 hisobida yutqazib, Termizda “Surxon” bilan 1:1 o‘ynadi.

Albatta, safarda qatorasiga uchta g‘alabasiz o‘yin “Loko” uchun ko‘plik qiladi, chunki jamoa oldiga yuqori vazifalar qo‘yilgan. Bu ham bugungi bellashuv “Loko” uchun naqadar muhimligini ko‘rsatmoqda. Shunday yekan, soat 19:15dan boshlab “Bunyodkor” stadionida ajoyib futbol guvohi bo‘lsak ajab yemas.

Manba: Lokomotiv.uz
Kiritildi: 10:36, 26.08.2019.
O'qildi: 2298 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.