Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Ektor Kuper: «Kuchli raqiblarga qarshi kuchli o‘yin ko‘rsatib, JCHga chiqishimizga ishonaman»

Ektor Kuper: «Kuchli raqiblarga qarshi kuchli o‘yin ko‘rsatib, JCHga chiqishimizga ishonaman»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sentyabr oyida JCH-2022 saralash bosqichiga kirishadi. Terma jamoamiz mazkur o‘yinlarga tayyorgarlik uchun yig‘inni ertaga — 28 avgust, chorshanba kuni boshlaydi. Bugun esa bosh murabbiy Ektor Kuper ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda O‘FA terma jamoalar bo‘limi boshlig‘i Aziz Haydarov ham ishtirok etdi.

— Janob Kuper, O‘zbekistonda faoliyat boshlaganingizga 1 yil to‘ldi. Bu davrga qanday baho berasiz?
— Men optimistman. Men bir yillik ish faoliyatimdan qoniqish hosil qildim. Terma jamoalarda hamisha vaqt bilan bog‘liq muammo bor. Ishlash uchun vaqt kam, ammo natija qayd etish kerak. Birinchi navbatda o‘zing ishlayotgan mamlakat urf odatlari bilan yaxshi tanish bo‘lishing kerak. Men xursandman. Hamisha o‘z rejalarim asosida ishlashga harakat qilaman. Ammo barchaga birdek yoqish qiyin. Lekin shu kungacha bo‘lgan vaziyatdan, futbolchilarning ishga bo‘lgan munosabatidan mamnunman. Barcha narsadan qoniqish hosil qilmadim, ammo 1 yillik faoliyatimga ijobiy baho beraman. Men optimistik ruhda ishlashda davom etyapman. Kerakli narsalarga o‘zgarishlar kiritib boryapman. Salbiy narsalarni gapirishni istamayman. Ertadan navbatdagi yig‘inni boshlaymiz va futbolchilar bilan kelajakdagi rejalar haqida gaplashib olamiz. Xatolardan xulosa chiqarib, g‘alaba qozonishni istayman. Barchaga birdek imkon berishga harakat qilaman. Tanlagan yo‘lim xatoligini sezsam, unga darhol o‘zgartirish kiritaman. Bu borada qaysar emasman. Barcha takliflarni tinglashga tayyorman.

— Janob Kuper, siz ma’lum vaqt davomida O‘zbekiston chempionatini kuzatmadingiz. Bu holat tarkib tanlashda xalal bermaydimi?
— Ha, bu haqiqat. Ammo ta’til olmasam ham bo‘lmasdi. Shuning uchun Liga kubogi o‘yinlarini kuzata olmadim. 25-26 iyun kunlari ta’tilga chiqib, 3 avgust Toshkentga qaytdim. Lekin terma jamoada faqat men ishlamayman. Qandaydir O‘zbekistonda yangi Messi chiqsayu, men uni ko‘rmay qolgan bo‘lsam, terma jamoaga mas’ul shaxslar menga bu haqda aytishadi. Shuning uchun men ta’tilim terma jamoadagi faoliyatimga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, deb o‘ylamayman.

— Boshqa yoshdagi terma jamoalarimiz turli musobaqalarda ishtirok etishdi. Ular qay tarzda kuzatib bordingiz?
— Birinchi navbatda, terma jamoa haqida gapiradigan bo‘lsak, bu jamoa olimpiya terma jamoasidan ozuqa oladi. Ammo yoshroq terma jamoalarga bo‘lgan talab boshqacha. Masalan, 14 yoshli bola bilan 18 yoshli yigitni terma jamoaga tayyorlash uslubi turlicha bo‘ladi. Bosh terma jamoa murabbiylari bilan yig‘ilish o‘tkazib, ular bilan maslahatlashaman. Ammo boshqa jamoalar murabbiylari ishiga aralashmayman. Ularda erkinlik mavjud. Bitta narsadan xotirjam bo‘lishingizni istayman. Barchamiz ishlayapmiz. Shubha borishga hojat yo‘q.

— O‘zbekiston terma jamoasi siz ishlayotgan bir yillik muddat davomida aniq o‘yin uslubiga ega bo‘lib, aniq yo‘lga tushib oldimi?
— Barcha terma jamoaning o‘z yo‘nalishi bo‘lishi kerak. Ish davomida turli jihatlarni sinab ko‘ramiz. Boshida ishni kichik o‘zgarishlardan boshladik. O‘ylashimcha, o‘z yo‘limizni topib oldik. Ammo bu hali to‘liq natija keltirmayotgan bo‘lishi mumkin. 5 sentbr kuni bizni o‘yin kutib turibdi, ammo faqatgina 2 sentyabr to‘liq tarkibda yig‘ilamiz. Shunga o‘xshash muammolar bor. Terma jamoada meni qoniqtirmayotgan jihatlar bor. Ular ustida ishlashda davom etamiz. Qotib qolishimiz kerak emas.

— Siz raqibdan kelib chiqib taktika tanlaysizmi?
— Birinchi navbatda, bizni kutib turgan raqibga qarab, taktik jihatdan kichik o‘zgartirishlar kiritish mumkin, ammo bu kichik o‘zgarish maydonda katta o‘zgarishga olib kelishi mumkin. Biz bitta uslubni ushlashimiz kerak. Men taktikani tez-tez o‘zgartiradigan murabbiy emasman. Qisqa vaqtda keskin o‘zgartirish qilish jiddiy muammoga olib kelishi mumkin. Uslubni doimiy ravishda o‘zgartirib turish — yaxshi g‘oya emas. Eng asosiysi, futbolchilar biz tanlagan uslub bizga muvaffaqiyat keltirishi mumkinligiga ishonishi kerak. Hozircha futbolchilardan mamnunman.

— O‘ng qanot yarim himoyasida raqobat kamdek. Avvaldan kuzatib borilgan ishlar asosida qaysi futbolchilar yakuniy ro‘yxatdan o‘rin olmadi?
— Doimiy raqobat bor. Biz ixtiyorimizda bor futbolchilar asosida tarkib tuzishga majburmiz. Raqobat tufayli O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi ham o‘zgarib bormoqda. Mening vazifam shunday iboratki, hozirda o‘z pozisiyasida eng kuchli bo‘lgan futbolchini maydonga tushirish.

— O‘zbekiston chempionatida to‘purarlar safida borayotgan hujumchilar yig‘inga chaqirilmadi.
— Men shunday qarorga keldim. Barchaning o‘z didi bor. O‘z klubida yaxshi o‘ynayotgan futbolchi termada ham yaxshi o‘ynab ketadi degani emas. Ba’zida esa buning aksi bo‘ladi. O‘z klubi safida o‘ynamagan bo‘lsa ham, terma jamoada foyda keltirishi mumkin. Bunday misollar juda ko‘p. Balki, men xato so‘zlayotgan bo‘lishim mumkin. Barcha uchun terma jamoa eshiklari hamisha ochiq. Kelajakda tarkibda ko‘p o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Men sizga ko‘p misollar keltirishim mumkin. Avval ishlagan joylarimda ham mamlakat chempionatida to‘purar bo‘lgan futbolchini terma jamoaga chaqirmaganman. Statistika bizga ma’lumot beradi, ammo biz faqat bunga suyanib qolishimiz kerak emas. Milliy chempionat to‘purari terma jamoaga o‘yin moslashib keta olmasligi mumkin. Ammo keyinchalik u terma jamoaga chaqirilishi mumkin.

— Biz shu paytgacha jahon chempionatiga chiqa olmaganmiz. Boisi, Osiyoda bizdan kuchli 4-5ta terma jamoa bor. Bular — Yaponiya, Janubiy Koreya, Eron, Saudiya Arabistoni, Avstraliya. JCHda chiqish uchun bu jamoalarga qarshi o‘yinlarda ularning taktikasidan kelib chiqib o‘yin qurganimiz yaxshidir?
— Yaxshi savol. Murabbiylar shtabi bilan qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilishimiz kerak. Vaziyatga real baho berishimiz kerak. Avstraliya bizdan kuchliroq bo‘lishi mumkin. Ammo ularga qarshi o‘yinlarda mayda detallarda ulardan yaxshiroq o‘ynashimiz kerak. Kamroq xato qilib, ko‘proq yugurib, ideal o‘yin namoyish qilishimiz lozim. Biz birdaniga milliy chempionatimizni kuchaytirib qo‘ya olmaymiz. Bor imkoniyatdan foydalanib, eng kuchli jamoani shakllantirishimiz shart. Bizda individual jihatdan kuchli futbolchilar bo‘lmasligi, ammo jamoaviy harakat jihatdan kuchli bo‘la olishimiz kerak. Har qanday kuchli jamoga qarshi o‘yinda eng yaxshi o‘yin ko‘rsata olishimiz kerak. Biz optimistmiz. Kuchli raqiblarga qarshi kuchli o‘yin ko‘rsatib, jahon chempionatiga chiqa olamiz. Terma jamoada eng asosiysi 2ta narsa muhim. Jamoa sifatida birga yashash kerak, birga harakat qilishi kerak, bir-birini qo‘llab-quvvatlashi kerak. Ikkinchidan, futbolchilar muvaffaqiyatga erishishga ishonishi lozim.

— 5 sentyabr kuni Falastinga qarshi o‘yin sun’iy maydonida bo‘ladi degan xabar chiqdi. Jamoa bunga tayyormi?
— Sun’iy maydonda o‘ynash hech bir futbolchiga yoqmaydi. Biz 4-5ta mashg‘ulotni sun’iy qoplamali maydonda o‘tkazib, bunday sharoitga moslashishiz kerak.

— 9 sentyabr kuni Iroq bilan o‘ynash fikri sizdan chiqdimi?
— Buni O‘FA mutaxassislari bilan hal qilinadi. Iroq bilan hozirgi kunda biz uchun optimal variant. Argentina bilan o‘ynash uchun biz uchun hali erta.

— Himoya chizig‘imiz anchadan beri yangilanmay kelmoqda. Yangi nomlar haqida gapiradigan bo‘lsak, "Nasaf"da Umar Eshmurodov, "Paxtakor"da Sherzod Axzamov, "Bunyodkor"da Dilshod Ahmadaliyev, bundan tashqari Key-2ligasida o‘ynayotgan Rustam Ashurmatov jamoasi musobaqada eng kam gol o‘tkazgan va Key ligaga chiqishga yaqin turibdi.
— Biz barchani kuzatyapmiz. Ammo ularni baholash uslubimiz turlicha bo‘lishi mumkin. Bu murabbiylar shtabining qarori. Bir futbolchini terma jamoaga chaqirish uchun boshqasidan voz kechishga to‘g‘ri keladi. Rustam Ashurmatov haqida gapiradigan bo‘lsam, kuzatuvlarim natijasida hozirda undan kuchliroq bo‘lgan futbolchi chaqirildi. Shubhasiz, siz aytgan futbolchilar albatta yig‘inga chaqiriladi.

Fursatdan foydalanib, barchani optimist bo‘lishga chaqirmoqchiman. Masalan, Misrning bundan 10-12 yil avvalgi avlodi kuchli bo‘lgan, ammo ular jahon chempionatiga chiqa olmagan. Tarkibida kuchli futbolchilar ko‘p degani, o‘sha jamoa kuchli degani emas.

— Aziz G‘aniyev va Sanjar Shoahmedov qaysi jihatlari uchun terma jamoadan chaqiruv oldi?
— Men murabbiy sifatida nimaga e’tibor qarataman? Maydonda futbolchi ba’zi ishlarni amalga oshiradiki, uning bu jihati murabbiy uchun muhim bo‘lishi mumkin. Azizning o‘yinning o‘qishi menga juda yoqdi. Sanjar esa texnik jihatdan kuchli. Unga ham imkoniyat berish kerak.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:11, 27.08.2019.
O'qildi: 9362 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.