Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Borussiya D 1-0 PSJ
02/05 20:30 Iroq 2-1 Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi 2-0 Tottenhem
03/05 20:30 Yaponiya 0-0 O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza - Monpelye
03/05 23:45 Torino - Bolonya
04/05 00:00 Luton - Everton
04/05 00:00 Lans - Loryan
04/05 00:00 Xetafe - Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu rukndagi eng so‘ngi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Hames Rodrigez jamoani tark etishi mumkin

«Readfootball» nashri tarqatgan xabarlarga qaraganda, futbolchining hizmatlari bilan Italiyaning «Milan» jamoasi jiddiy qiziqib qolgan.

«Milan» klubi rahbarlari «Ateltiko Madrid» hujumchisi Anhel Koreani qo‘lga kiritishni uddalay olmgach, bor e’tiborini Kolumbiyalik futbolchiga qaratmoqda. Italiya klubi sport direktori hozirda Madrid shaxrida bo‘lib turibdi. Hames borasidagi muzokaralarning natijasi ertaga ma’lum bo‘lishi kutilmoqda. Agarda «Real Madrid» futbolchining transferi borasida kelishuvga erishsa, katta ehtimol bilan Hames o‘z faoliyatini «A seriya»da davom ettiradi.

Ukrainalik hujumchi Rim klublari nishonia

Belgiyaning «Genk» klubi hujumchisi Roman Yarmechuk Rim klublari e’tibor markazida turibdi.
Hozirda «Genk» klubiga bir yo‘la  «Roma», «Lasio» jamoalaridan taklif kelib tushgan. Futbol mutaxassislarining fikricha, futbolchi katta ehtimol bilan transfer oynasi yopilish arafasida «Lasio» jamoasiga o‘tadi. Jismonan baquvvat va maydonni yaxshi ko‘ra oladigan xujumchi izlayotgan «burgutlar» ukrainalik futbolchini qo‘ldan chiqarib yubormaslikka urunmoqda.

Hozirda Roman Yarmechukning transfer qiymati 4 million atrofida baholanayotgan bo‘lsada, «Genk» uni 8 milliondan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
Eslatib o‘tamiz, hujumchi yangi mavsumda 8 ta uchrashuvda ishtirok etdi va 6 bor raqiblari darvozasini ishg‘ol qildi. Shuningdek, uning hisobida 3 ta golli uzatma ham mavjud.

PSJ «Barselona»ga o‘z shartini aytdi

Parijning PSJ klubi Neymar uchun «Barselona» tomonidan jo‘natilgan takliflarni rad etayotgan edi.

«Le Parisien» nashri tarqatgan xabarlarga qaraganda, PSJ Neymarni «Real Madrid»ga sota olmagach, «Barselona»ga qarshi taklif bilan murojat qildi.

Unga ko‘ra, Parij klubi Usmon Dembele, Nelson Samedu va 100 million yevro evaziga Neymarni qo‘yib yuborishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Bugun ikki klub mutasaddilari ushbu mavzu yuzasidan Parij shaxrida muzokalarni davom ettirishadi.

«Roma» «Shaxtyor» hujumchisiga qiziqib qoldi

Donetskning Shaxtyor klubi futbolchisi Tayson o‘z faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Hozirda uning hizmatlari bilan Rimning «Roma» klubi qiziqib qolgan.

Futbolchining agenti ham rimliklar tomonidan futbolchiga bo‘lgan e’tiborni yashirib o‘tirmayapti. Taysonning agenti ma’lum qilishicha, braziliyalik futbolchini Rimda shaxsan Paolo Fonsekaning o‘zi ko‘rishni istamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Fonseka bundan bir necha yil ilgari Donets klubida bosh murabbiy lavozimida faoliyat olib borgan.

«Zenit» «Renn» futbolchisini qo‘lga kiritmoqchi

Sank-Piterburgning «Zenit» jamoasi transfer oynasi yopilguniga qadar yana bir transferni amalga oshirishi mumkin.

Hozirda klub transfer  nishonida Fransiyaning «Renn» jamoasi yarim himoyachisi Klemen Granye turibdi.

Ma’lum bo‘lishicha, «Zenit» murabbiylari futbolchining «Liga 1» doirasidagi  «Strasbur» jamoasiga qarshi bahsdagi harakatlarini maydondan turib kuzatishgan.
Hozirda futbolchilining tahminiy transfer narxi 7,5 million yevroni tashkil etmoqda.

Sanches «Inter»ga o‘tishga yaqin

«Manchester Yunayted» jamoasi hujumchisi Aleksis Sanches «Inter» jamoasiga o‘tishga yaqin turibdi.
«Readfootball» nashri tarqatgan xabarlarga qaraganda, ikki klub futbolchining transferi borasida to‘liq kelishuvga erishib oldi.

Unga ko‘ra, «Inter» jamoasi futbolchining bir mavsumga ijaraga oladi va yillik maoshining 5 million yevroga teng qismini to‘lab beradigan bo‘ldi. Qolgan 14 million yevro esa, «Manchester Yunayted»ning gardanida qoladi. Bundan tashqari, «Inter» mavsum so‘ngida hujumchini 15 million yevro evaziga xarid qilish huquqiga ega bo‘ladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:24, 27.08.2019.
O'qildi: 6346 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.