Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

«Navbahor» Kanchelskisning taqdimot marosimini o‘tkazdi

«Navbahor» Kanchelskisning taqdimot marosimini o‘tkazdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, "Navbahor" klubi bosh murabbiy Deyan Jurjevichni iste’foga chiqarib, Andrey Kanchelskisni yana jamoaga qaytardi. Bugun esa Namangandagi "Markaziy" stadionda rossiyalik mutaxassisni muxlislarga tanishtiruv marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Xayrullo Hayitbayevich Bozarov, Namangan shahar hokimi, “Navbahor” PFK prezidenti Shavkat Shokirjanovich Abdurazzoqov, shuningdek, “Navbahor” fan-klubi a’zolari, jamoamizning sodiq va ashaddiy muxlislari ishtirok etishdi.

Namangan viloyat hokimi Xayrullo Bozarov so‘zga chiqib, viloyatimizda futbolni sevishlari, "Navbahor"ning muxlislari sodiq ekanliklarini ta’kidlab, ularga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Bundan tashqari, Xayrullo Hayitbayevich o‘z so‘zida "Navbahor"ning oldiga joriy mavsumda yuksak maqsadlar qo‘yilganligi, ammo shuningdek, jamoada murabbiyni almashtirishda xatoliklar bo‘lganligi, endi bu xatolarni takrorlamasdan faqat oldinga qarab intilish lozimligini aytib o‘tdi.

Shuningdek, Xayrullo Hayitbayevich "Navbahor"da oldin faoliyat yuritgan Andrey Antanasovich Kanchelskisga muxlislar mehri kuchli ekanligi, buni jamoaning ko‘plab muxlislari uni kutib olish uchun aeroportga chiqishgani, uni atrofida ko‘plab muxlislari borligini ta’kidlab, uni barcha ishqibozlar hurmat qilishlarini aytdi.

Shuningdek, viloyat hokimi o‘z so‘zida serbiyalik mutaxassis Deyan Jurjevichning "Navbahor"da omadi kelmaganligini ham ta’kidlab, Andrey Kanchelskisga "Xush kelibsiz" deya qutladi.

Namangan viloyat hokimi o‘z so‘zida har bir futbol uchrashuvi muxlislar uchun bayram bo‘lishi lozimligini aytib o‘tdi.

Xayrullo Hayitbayevich o‘z so‘zida shuningdek, yaqin 3 yil ichida viloyatimizdan iqtidorli futbolchilar yetishib chiqishi, bu yo‘lda Andrey Kanchelskis ham faol ishtirok etishi, shuningdek, kirib kelayotgan mamlakatimizning Mustaqillik bayrami bilan muxlislarni tabriklab, o‘z so‘zini yakunladi hamda so‘z navbatini Andrey Kanchelskisga berdi.

Andrey Kanchelskis o‘z so‘zida muxlislarga minnatdorchilik bildirib, bo‘lajak o‘yinlarda ularning ishonchlarini oqlashga harkat qilishini bildirdi.

Shuningdek, klub rahbariyatida ham o‘zgarish yuz berib, Oybek Safarov klub vise-prezidenti etib tayinlandi.

Manba: https://t.me/fcnavbahor
Kiritildi: 18:34, 28.08.2019.
O'qildi: 4592 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик