Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi poytaxtimizda yig‘in boshladi

Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi poytaxtimizda yig‘in boshladi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, sentyabr oyida qit’amizda Jahon chempionati-2022 ikkinchi saralash bosqichi uchrashuvlari start oladi.

Saralash bahslarining “D” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk o‘yinini safarda Falastinga qarshi o‘tkazadi.

Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi mazkur uchrashuvga tayyorgarlik doirasida bugundan poytaxtimizda yig‘in boshladi. Bosh jamoamiz ilk mashg‘ulotini “Jar” stadionining zaxira maydonida o‘tkazdi.

Ilk mashg‘ulotda asosan milliy chempionatimizdan to‘p surayotgan futbolchilar ishtirok etishdi. Legionerlardan faqar Sanjar Shoahmedov mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda. Qolgan xorijda to‘p surayotgan futbolchilarimiz shu kunlarda o‘z klublari safida o‘yinlarini o‘tkazgach milliy jamoamiz ixtiyoriga yetib kelishadi.

Ta’kidlash joiz, bugundan yig‘inga kirishgan terma jamoamiz Toshkentda 3 sentyabrga qadar mashg‘ulotlar olib boradi.

Ertangi kungi mashg‘ulotlar “Chig‘atoy” bazasida soat 20:00da o‘tkaziladi. 

 

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 21:49, 28.08.2019.
O'qildi: 5995 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик