Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 20:30 Yaponiya 1-0 O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza 1-2 Monpelye
03/05 23:45 Torino 0-0 Bolonya
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal 3-0 Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad 2-0 Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr 3-1 Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada

Ter to‘kmasdan sovrin qo‘lga kiritgan futbolchilar

Ter to‘kmasdan sovrin qo‘lga kiritgan futbolchilar

Baho:
+1 | -1

Kuni kecha o‘z faoliyati davomida birorta musobaqada g‘olib chiqishni uddalay olmagan omadsiz futbolchilarni yodga olgan edik. Bugun uning tamomila aksi bo‘lgan futbolchilar haqida so‘z boradi. Har qanday kuchli jamoaning zahira futbolchilari mavjud va ular klubdagi kuchli futbolchilarning mehnati evaziga ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lishgan. Bugun ana shunday «omadli» futbolchilar haqida so‘z boradi.

Fernando Navarro

«Barselona» jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanmush futbolchi katta futbolda deyarli nom chiqara olmgan bo‘lsada, u qo‘lga kiritgan sovrinlar har qanday futbolchining orzusi desak, adashmagan bo‘lamiz.  Futbolchi 2005/06-yillar davomida «Barselona» jamoasida to‘p suradi. Atigi 5 ta uchrashuvda zahiradan maydonga tushgan bo‘lsada, «La Liga» g‘olibligini qo‘lga kiratadi. Keyinchalik terma jamoaga chaqiligan futbolchi 2008-yilda qit’a birinchiligida g‘olib chiqadi. Futbolchi «Evro 2008» musobaqasida birorta o‘yinda maydonga tushmagan bo‘lsada, uning uyida o‘sha musobaqaning oltin medallari mavjud. Bundan tashqari qahramonimiz yana bir sovringa «o‘z uslubida» ega chiqqani haqida to‘xtalib o‘tsak, adolatdan bo‘lar edi. Qahramonimiz 2015 yilda «Sevilya» klubi bilan «Evropa Ligasi»da g‘olib chiqadi. Eng qizig‘I shundaki, o‘sha mavsumda Navarro atigi 8 ta uchrashuvda zahiradan o‘yinga qo‘shilgan edi.

Anderson

Ser Aleks Fergusson tomonidan amalga oshirilgan eng omadsiz xaridlardan biri sanaldigan futbolchining qo‘lga kiritgan yutuqlariga Stiven Jerrardning havasi kelishi aniq.
Gap shundaki, braziliyalik futbolchi 4 bor APL g‘olib chiqibgina qolmay, bir bor YECHL musobaqasida ham shoxsupaga ko‘tarilgan. Bundan tashqari uning hisobida klublar o‘rtasidagi JCH, Angiliya kubogi ham mavjud. Eng achinarlisi shundaki, Anderson bir necha yillik faoliyati davomida birorta musobaqada o‘zini yorqin namoyish eta olmagan. Fergusson qanchalarin urunmasin futbolchi o‘z iqtidorini to‘liq namoyon eta olmadi. «Manchester Yunayted» safida birorta yorqin o‘yin namoyish eta olmagan Anderson hozirda o‘z yurtining o‘rtamiyona klublarida ham o‘zi uchun joy topa olmayapti.

Fernando Lyorente

Bir qarashda hujumchining bunday futbolchilar orasida bo‘lishi g‘alati tuyulishi mumkin, biroq o‘sha davrlardagi Ispaniya uchun markaziy hujumchi umuman kerak emas edi. Jamoaning o‘yini aynan yo‘lg‘on to‘qqizlikka suyangani bois chaqqon futbolchilarga ehtiyoj katta edi. Fernando asosan o‘yin tugashiga oz fursat qolganda pressing qilish uchungina maydonga tushgan bo‘lsada, uning uyida shunday sovrinlar borki, havas qilmay ilojingiz yo‘q.

U Ispaniya terma jamoasi bilan Mundial va qit’a chempionligini qo‘lga kiritibgina qolmay, «Sevilya» safida «Evropa Ligasi»da ham zafar quchgan. Andalusiyaliklar safida futbolchi o‘sha musobaqada 4 bor so‘nggi daqiqalarda maydonga tushgan bo‘lsada, birinchilardan bo‘lib kubokni qo‘liga olgan edi.

Anatoliy Timashuk

«Zenit» safidagi ajoyib o‘yinlardan so‘ng, futbolchi «Bavariya» klubiga o‘tib ketganida hech kim uning kariyerasi sovrinlarga to‘lib ketishini taxmin qilmagan bo‘lsa, ajab emas. Darhaqiqat Timashuk «Bavariya» jamoasning eng kuchga to‘lgan chog‘ida jamoaga kelib qo‘shildi va klublar miqoyasidagi barcha turnirlarda zafar quchishga muvaffaq bo‘ldi. U hech qachon «Bavariya»ning asosiy futbolchisiga aylana olmadi. Klub trebl qayt etgan yili umuman chuqur zahiraga o‘tirib qoldi. Shunga qaramasdan, taqdir uni birin ketin sovrinlar bilan siylayverdi. Eng qizig‘I shundaki, Timashuk o‘z ijtimoiy tarmoqlarida qo‘lga kiritgan sovrinlari bilan maqtanishni hush ko‘radi va bu sovrinlar uchun o‘zini to‘liq haqli deb hisoblaydi.

Tomas Vermalen

«Barselona» safida bir nechta mavsumlar davomida atigi 11 bor maydonga tushgan futbolchi 7 ta musobaqaning oltin medallarini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Boz ustiga belgiyalik futbolchi Buffon, Ibrahimovich singari mega yulduzlar erisha olmagan YECHLda ham zafar quchishga muvaffaq bo‘lgan. To‘g‘ri bunday uslubda qo‘lga kiritlgan sovrinlar u qadar shirin bo‘lmasligi mumkin, biroq o‘yin yoddan ko‘tariladi, ammo natija tarixda qoladi! 20 yildan ortiq vaqt mobaynida «Roma» safida to‘p surgan Totti atigi 5 ta musobaqada g‘olib chiqqan bo‘lsa, Vermalen uni 11 ta uchrashuvdda maydonga tushib ham ortda qoldirishni uddalagani mantiqsizdek tuyulsada, bu fakt va tarixda abadiy qoladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:45, 31.08.2019.
O'qildi: 12751 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.