Kirish Ro'yxatdan o'tish

RPL. Shomurodovning «dubli» «Rostov»ga g‘alaba keltirdi

RPL. Shomurodovning «dubli» «Rostov»ga g‘alaba keltirdi

Baho:
+1 | -

Rossiya premyer-ligasining 8-turi doirasida markaziy o‘yin Moskvada bo‘lib o‘tdi. «Lokomotiv» o‘z uyida «Rostov»ni qabul qilib, imkoniyatni boy berdi.

Rostovliklarning har ikkala goliga Eldor Shomurodov mualliflik qildi. Uchrashuvning 41-daqiqasida burchakdan yetkazilgan uzatmani hamyurtimiz bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘limda esa Ionov chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib borib, darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Shomurodov ikki himoyachidan chaqqonroq harakat qilib, to‘pni darvozani burib yubordi.

O‘yin tugashiga 9 daqiqa qolganida Anton Miranchuk bitta javob to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa, "Rostov" o‘z ochkolarini 17taga yetkazib, jadval peshqadamiga aylangan bo‘lsa, Shomurodov 7ta gol bilan to‘purarlar ro‘yxatini boshqarmoqda.

Rossiya chempionati, 8-tur
Lokomotiv – Rostov 1:2 (0:1)
Gollar: 0:1 – 41 Shomurodov, 0:2 – 58 Shomurodov, 1:2 – 81 Miranchuk.
Lokomotiv – Gilyerme, Ribus, Chorluka, Xevedes, Ignatyev, Barinov, Krixovyak, Miranchuk (Joau Mariu, 30), Miranchuk, Jemaletdinov (Djordjevich, 60), Smolov.
Rostov – Baburin, Chernov, Sigurdsson, Kozlov, Chistyakov, Yeremenko, Normann, Saplinov (Logashov, 67), Ionov (Zuyev, 87), Popov (Bayramyan, 60), Shomurodov.
Ogohlantirishlar: Normann (26), Yeremenko (39), Ribus (64), Logashov (88), Ignatyev (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:24, 31.08.2019.
O'qildi: 9431 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик