Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

APL. London derbisida jangovar durang qayd etildi

APL. London derbisida jangovar durang qayd etildi

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 4-turini London derbisi yakunlab berdi. "Arsenal" o‘z maydonida "Tottenxem"ni qabul qilib, jangovar durangga imzo chekdi.

Bu natijadan har ikkala jamoa qoniqmagan bo‘lishi mumkin. "Tottenxem" birinchi bo‘limda yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Bahsning 10-daqiqasida Lamela jarima maydoni chizig‘i ustidan kuchli zarba berdi. Leno qaytargan zarbani esa Kristian Eriksen yaqin masofadan darvozaga joylab qo‘ydi. Birinchi bo‘lim tugashiga 5 daqiqa qolganida hakam "kanonirlar" darvozasi tomon penalti belgiladi. Xarri Keyn 11 metrli jarima zarbasidan unumli foydalandi.

Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda mezbonlar bitta javob to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘ldi. "Arsenal" futbolchilari raqib jarima maydoni atrofida pressing qo‘llab to‘pni egallab olishdi. Lyakazett esa bir necha futbolchilarni aldab ichkariga kirdi va darvozani zabt etdi.

Ikkinchi bo‘limda Unai Emeri shogirdlari o‘z o‘yinlarini kuchaytirishdi. Ammo dastlab xavfli vaziyatlarni "shporlar" yaratishdi. Jumladan, Xarri Keynning zarbasidan keyin to‘p ustunga tegib qaytdi.

Uchrashuvning 71-daqiqasida hisob tenglashdi. Genduzi olis masofadan raqib jarima maydoni tomon ajoyib uzatma berdi. Obameyang esa to‘pni darvozaga burib yubordi.

"Arsenal" g‘alaba to‘pini ham kiritgandi, ammo VAR kichik ofsayd borligini aniqladi va gol bekor qilindi.

Natijada "Arsenal" va "Tottenxem" klublari 2 ochkodan yo‘qotishdi.

Angliya premyer-ligasi, 4-tur
Arsenal – Tottenxem 2:2 (1:2, 1:0)
Gollar: 0:1 – 10 Eriksen, 0:2 – 40, penalti Keyn, 1:2 – 45 Lyakazett, 2:2 – 71 Obameyang.
Arsenal – Leno, Kolashinas, Papastatopulos, David Luiz, Meytlend-Naylz, Torreyra (Sebalyos, 63), Genduzi, Jaka, Pepe, Lyakazett (Mxitaryan, 67), Obameyang.
Tottenxem – Lyoris, Rouz, Alderveyreld, Sanches, Vertongen, Eriksen, Uinks, Sissoko, Lamela (Alli, 60), Son Xin Min (Lo Chelso, 79), Keyn.
Ogohlantirishlar: Rouz (28), Lamela (32), Eriksen (57), Lyakazett (63), Uinks (74), Sanches (78), Papastatopulos (87), Jaka (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:40, 01.09.2019.
O'qildi: 3318 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик