Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

La liga. Beyl dublga erishdi, ammo «Real» ochko yo‘qotdi

La liga. Beyl dublga erishdi, ammo «Real» ochko yo‘qotdi

Baho:
+ | -1

Ispaniya chempionatining 3-turi doirasida «Vilyarreal» o‘z uyida «Real»ni qabul qildi.

Uchrashuv Zidan shogirdlari uchun omadsiz boshlandi. Ramosning xatosidan keyin mezbonlar qarshi hujumga o‘tib ketishdi va Jerar Moreno Kurtua qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi. Hakam videoyordamchi hakam bilan maslahatlashib, golni inobatga oldi — ofsayd yo‘q.

Madridliklar shundan so‘ng to‘pni o‘z nazoratlariga olib, vaqti-vaqti bilan hujum tashkil qilishdi, ammo ularning urinishlari u qadam omadli chiqmadi. Faqatgina birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda "Qirollik klubi" futbolchilari chiroyli kombinasiya tashkil qilishdi va Beyl bir metrdan bo‘sh qolgan darvozaga to‘pni burib qo‘ydi.

"Real" ikkinchi bo‘limni faolroq boshlab, g‘alaba to‘pini kiritish payida bo‘ldi. Bahsning 60-daqiqasida Benzema yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi. 2 daqiqa davom etgan VAR bilan maslahatlashuv natijasida gol bekor qilindi. Sabab — Benzema biroz ofsaydda qolgan edi.

O‘yin tugashiga 15 daqiqa qolganida "Vilyarreal" kutilmaganda gol urib qo‘ydi. Moyses Gomes darvozaning bo‘sh qolgan qismiga to‘pni joyladi.

O‘yinning asosiy vaqti tugashiga 4 daqiqa qolganida Garet Beyl individual mahorati evaziga raqib darvozasining yaqin burchagini ishg‘ol qilib, hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Beyl ikkita sariq kartochka olib, maydonni tark etdi. U keyingi turda maydonga tusha olmaydi.

Mavsumni g‘alaba bilan boshlagan "Real", ketma-ket ikkita o‘yinda durang qayd etdi. Jamoa     5 ochko bilan jadvalda 5-o‘rinni egallab turibdi.

Ispaniya La ligasi, 3-tur
Vilyarreal – Real Madrid 2:2 (1:1)
Gollar: 1:0 – 12 Jerar Moreno, 1:1 – 45 Beyl, 2:1 – 74 Moyses Gomes, 2:2 – 86 Beyl.
Vilyarreal – Fernandes, Mario Gaspar, Albiol, Kintilya, Pau Torres, Chukvueze (Ontiveros, 55), Moyses Gomes, Iborra, Kasorla (Bakka, 73), Jerar Moreno, Toko-Ekambi (Zambo-Angissa, 62).
Real Madrid – Kurtua, Karvaxal, Ramos, Mendi, Varan, Vaskes (Vinisius Junior, 74), Kazemiro, Kroos (Valverde, 82), Beyl, Benzema, Yovich (Modrich, 68).
Ogohlantirishlar: Kintilya (52), Mendi (77), Kazemiro (90), Beyl (90+2).
Chetlatish: Beyl (90+4).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:03, 02.09.2019.
O'qildi: 5501 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.