Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Eldor Shomurodov O‘zbekiston terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqa oladimi?

Eldor Shomurodov O‘zbekiston terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqa oladimi?

Baho:
+1 | -

Ayni paytda Rossiya chempionatida munosib tarzda to‘p surayotgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov munosib o‘yin ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, “Lokomotiv”ga qarshi o‘yinda dubl qayd etib, jamoasining g‘alabasini ta’minlagani unga bo‘lgan ishonchning ortishiga sabab bo‘lmoqda. Ayni damda Shomurodov Rossiyada to‘purar.

O‘Z USTIDA ISHLASHNING FOYDASI

Bir necha yil oldin birinchi navbatda Sardor Rashidovning nomini tilga olardik. Uni hatto Ronalduga qiyoslaganlar ham bo‘ldi. Eldor Shomurodovga esa o‘rtamiyona hujumchi sifatida munosabatda bo‘lardik. Ammo bugun butunlay teskarisi. Xo‘sh, nima o‘zgardi?

Gap shundaki, o‘zi haqidagi “bashoratlar”dan havolangan, qolaversa, agentiyu boshqalarning gapiga uchib, pulga mehr qo‘ygan Sardor Rashidov kelajagini o‘zi xavf ostiga qo‘ydi. O‘z ustida ishlamaslik, “men shundoq ham zo‘rman”, degan fikr, kibr va boshqa biz bilgan-bilmagan jihatlar Sardor Rashidovning Qatarning o‘rtamiyona klubiga ravona qildi. To‘g‘ri, u pul topdi, boylik to‘pladi, ammo millionlab muxlislarning mehrini yo‘qotdi, qadrini yo‘qotdi. Bir paytlar terma jamoa tarkibi e’lon qilinganda ro‘yxatda Sardor Rashidovni ko‘rsak, xotirjam tortardik, endi esa uni izlamaymiz ham.

Eldor Shomurodov agar o‘z ustingda ishlamasang, Xudo yuqtirgan qobiliyating bilan hamma narsaga ham erisha olmaysan, degan naqlning tirik isboti. U “Rostov”ga mojaroli tarzda o‘tdi, o‘z ustida ishladi, oqibatda bugungi darajaga yetdi. Hozir terma jamoani usiz tasavvur qila olmaydi, hatto uni milliy terma jamoaning eng yaxshi futbolchisi deya tan olayotganlar ham bor.

ELDOR KIMGA O‘XSHAYDI?

Eldor Shomurodovning o‘yinini Muhammad Salohga o‘xshatdim. Chunki Muhammad Saloh, sharhlovchi Davron Fayziyev aytganidek, eng aqlli futbolchi. Qachon qayerda paydo bo‘lishni biladi. Eldor ham xuddi shunday. U “Lokomotiv”ga qarshi o‘yinda tinimsiz ter to‘kmagan, raqibga qarshi betinim pressing qilmagan, ikkita-uchta futbolchini aldab o‘tmagan bo‘lishi mumkin, ammo ikkita gol urdi. Hujumchining ishini qildi. Qiyoslash uchun, kecha “Villyarreal”ga qarshi o‘yinda Karim Benzema tinimsiz yugurdi, harakat qildi, ammo hech narsani qoyillatgani yo‘q. Yevropa futbolida gol urmasa va gol urishda ishtirok etmasa, hujumchining har qancha harakati bekor ekanligi ko‘p bor isbotini topgan. Muhammad Saloh ham Yevropada aqlli o‘ynaydi. Uning gavdasi raqib bilan yakkama-yakka kurashda yengish imkonini bermas, ammo u aqli bilan raqibni dog‘da qoldirib, gol urishni uddalaydi. Eldorda esa ham aql, ham gavda bor.

KUPER TERMANI JAHON CHEMPIONATIGA OLIB CHIQISHI SHART

Ektor Kuper Misr terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqqanini bilamiz. Bunda uning tayanchi Muhammad Saloh bo‘lgan. Aynan Salohning hal qiluvchi o‘yinda Efiopiya darvozasiga kiritgan gollari Misrni mundialga olib chiqqandi. Bizda esa endi ana shunday hujumchi bor.

Bu holatda hamma narsa Kuperga bog‘liq. Tarkib va taktika ko‘p narsani hal qiladi. Ektor Kuper Misrda qo‘llagan taktikasini O‘zbekistonda ham to‘g‘ri qo‘llay olsa, hammasi joyida bo‘ladi. Shuningdek, tarkib borasida ham adashmaslik kerak. Kuperga qulay tomoni, Eldor hujumkor taktikaga suyanib qolmagan, qarshi hujumlarda ham yaxshi o‘ynay oladi, himoyaviy pozisiyadan hujumga o‘tganda Eldor yakunlovchi nuqta qo‘ya olish qobiliyatiga ega. Buni “Lokomotiv”ga qarshi o‘yinda ko‘rdik. Shuningdek, Eldorning boshqa o‘yinlarida ham shu narsa sezilib turadi.

Janob Kuper, tarkib tanlashda “turli xil maslahatlar”, shuningdek, o‘zbek maslahatchilaringizning maslahatlariga quloq tutavermang. Bizda “o‘zbekchilik” bor, siz esa hamma narsaga xolis yondashib, tarkibni munosib tanlang. Ana o‘shanda biz Janubiy Koreya, Avstraliya, Yaponiya va hatto Eronni ham mag‘lub eta oladigan kuchga aylanamiz.

 

Manba: stadion.uz

Афсуски, бизда Элдор Шомуродовга ўхшаган иқтидорли футболчилар кўп, аммо улар сизу бизга маълум сабабларга кўра ўзимизда порлаб чиқа олмайди, четга ҳам кета олмайди. Элдор Шомуродовга ўхшаб таваккал қилиб, “қочиб кетадиган”лар эса ҳар доим ҳам топилавермайди, афсуски...

Kiritildi: 11:27, 02.09.2019.
O'qildi: 8711 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.