Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/01 16:30 Iroq 1-2 Avstraliya
14/01 16:30 Tailand 0-0 Xitoy
14/01 22:30 Napoli 0-0 Parma
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona - Bolonya
16/01 00:45 Komo - Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA

O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Hindiston bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi

O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Hindiston bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi 6-13 sentyabr kunlari qo‘shni Qirg‘izistonning Qorako‘l shahrida o‘tkaziladigan “Umid kubogi-2019” xalqaro musobaqasida ishtirok etishi haqida xabar bergan edik.

Mazkur musobaqa oldidan futbolchi qizlarimiz Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini olib borishmoqda. Poytaxtimizdagi yig‘in 27 avgust – 5 sentyabr oralig‘ida tashkil etilmoqda.

Bundan tashqari ushbu yig‘in doirasida 2 ta o‘rtoqlik o‘yini ham o‘tkazildi. Terma jamoamizga Hindiston ayollar milliy terma jamoasi raqiblik qildi. Bugun ushbu jamoalar o‘rtasidagi ikkinchi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Unda 1:1 hisobi qayd etildi.

O‘zbekiston – Hindiston 1:1

Gollar: Lyudmila Karachik (82) – Ranganatan (53).

O‘zbekiston: Laylo Tilovova, Tanzila Zarbiyeva, Nilufar Qudratova (Diyoraxon Xabibullayeva, 31 (Sitora Taqaboyeva, 67), Malika Burxonova, Rushaniya Safina (Lianna Norbekova, 41), Maftuna Shoyimova, Soliha Husniddinova, Umida Zoirova, Lyudmila Karachik, Kamila Zaripova, Dildora Nozimova (O‘g‘iloy Qo‘chqorova, 67).

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 22:32, 02.09.2019.
O'qildi: 1901 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.