Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Terma jamoalar uchun yangi baza barpo etiladi

Terma jamoalar uchun yangi baza barpo etiladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi prezidenti – Abdusalom Azizov milliy hamda olimpiya terma jamoalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Samimiy suhbat tarzida o‘tgan ushbu uchrashuvda futbolimiz rahbari muhim bir yangilikni ma’lum qildi.

“Futboli rivojlangan mamlakatlarda milliy terma jamoalar doimiy yig‘inlar o‘tkazadigan zamonaviy bazalarga ega. Mana shu qarorgohlarda katta turnirlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun barcha sharoitlar mavjud. Bizda shu kungacha terma jamoalar mehmonxonalarda istiqomat qilib, mashg‘ulot o‘tkazish uchun har xil maydonlardan foydalanib kelmoqda. Bu esa bugungi kun talablariga mos emas.

Shuni inobatga olgan holda assosiasiya tomonidan terma jamoalarimiz uchun yangi baza barpo etish rejasi ishlab chiqildi va bu boradagi dastlabki qadamlar tashlandi. Ushbu loyiha davlatimiz, qolaversa, xalqaro futbol tashkilotlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Bu baza asosiy jamoalarimizning yig‘in o‘tkazishi, mashg‘ulotlar, tiklanish, hordiq chiqarish va jismoniy holatni yaxshilash uchun barcha sharoitlarga ega bo‘ladi. Qarorgoh bahavo hududda, suv bo‘yida joylashadi. Zamonaviy texnika bilan jihozlanadi.

Ishonamanki, ushbu loyiha milliy futbolimizning, ayniqsa turli yoshdagi terma jamoalarimizning yangi bosqichga chiqishida va muhim musobaqalarga sifatli tayyorgarlik olib borishida katta xissa qo‘shadi”, - deya ta’kidlab o‘tdi Abdusalom Azizov.

Qayd etish joiz, ushbu yangilik hozirda faoliyat olib borayotgan futbolchilar va yaqin kelajakda ushbu sport turi bilan professional tarzda shug‘ullanuvchilar uchun o‘ziga xos bayram sovg‘asi bo‘ldi.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 23:14, 02.09.2019.
O'qildi: 4487 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик