Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentdagi yig‘inni yakunladi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentdagi yig‘inni yakunladi

Baho:
+ | -

Qit’amizda Jahon chempionati-2022 ikkinchi saralash bosqichi uchrashuvlari start olish arafasida turibdi.

Saralash bahslarining “D” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk o‘yinini safarda Falastinga qarshi o‘tkazadi. Mazkur uchrashuv 5 sentyabr kuni Ar-Ram shahridagi Falastin terma jamoasining uy o‘yinlarini o‘tkazadigan “Faysal al-Hussayniy” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin bizning vaqtimiz bilan soat 19:00da boshlanadi.

Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi mazkur uchrashuvga tayyorgarlik doirasida 28 avgust - 3 sentyabr kunlari oralig‘ida poytaxtimizda yig‘in o‘tkazdi.

Bugun soat 16:05da terma jamoamiz Toshkent – Tel Aviv yo‘nalishida parvoz qiladi.

Terma jamoamiz bilan yo‘l oladigan futbolchilar:

Darvozabonlar: Sanjar Quvvatov (“Paxtakor”), Eldor Suyunov (“Paxtakor”), Botirali Ergashev (“Dinamo”).

Himoyachilar: Yegor Krimes (“Paxtakor”), Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”),  Doston Tursunov (“Renofa Yamaguchi” – Yaponiya), Islom To‘xtaxo‘jayev (“Lokomotiv”), Sharof Muxitdinov (“Nasaf”), Farrux Sayfiyev (“Paxtakor”), Davron Xoshimov (“Lokomotiv”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”).

Yarim himoyachilar: Odiljon Hamrobekov (“Paxtakor”), Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG” - Xitoy), Ikrom Aliboyev (“Seul FK” – Janubiy Koreya), Aziz G‘aniyev (“Nasaf”), Oston O‘runov (“Lokomotiv”), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Sanjar Shoahmedov (“Terengganu” - Malayziya), Doston Ibragimov (“Qizilqum”), Quvondiq Ro‘ziyev (“Qo‘qon-1912”), Doston Hamdamov (“Paxtakor”).

Hujumchilar: Eldor Shomurodov (“Rostov” – Rossiya), Igor Sergeev (“Paxtakor”), Temurxo‘ja Abduxoliqov (“Lokomotiv”).

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 15:06, 03.09.2019.
O'qildi: 7822 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик