Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Falastin – O‘zbekiston. Stadion.uz jurnalistlari qanday fikrda?

Falastin – O‘zbekiston. Stadion.uz jurnalistlari qanday fikrda?

Baho:
+ | -

Jaloliddin Qobiljonov

Terma jamoamiz va Ektor Kuper uchun haqiqiy sinovli kunlar yetib keldi. Umid qilib qolamiz, bugungi o‘yinda terma jamoamiz o‘ziga nisbatan kuchsiz bo‘lgan terma ustidan yirik hisobda g‘alaba qozonadi.

Bugungi o‘yinda Kuper tarkib tanlashda adashmay, qo‘rqmasdan hujumkor tarkibni maydonga tashlaydigan  bo‘lsa, albatta ijobiy natija bilan qaytamiz.  Menimcha, mana, endi murabbiy katta sahnaga chiqadigan vaqti keldi. Kuper nima uchun terma jamoamizga olib kelinganini isbotlashning ayni vaqti. 

Muxlislar terma jamoamizdan g‘alabani kutmoqda va ishonamizki, futbolchilarmiz  azaliy orzu sari yurishini muvaffaqiyat bilan boshlaydi.

Yahyo Ulug‘xo‘jayev

Aslida o‘yindan oldin tahmin qilish odatim yo‘q, biroq bugun urunib ko‘raman. Menimcha jamoamiz ikki taymda ham bittadan gol kiritadi va ortiqcha bosim va qiyinchiliklarsiz o‘rtacha tempda o‘yin o‘tkazadi.

Umid qilamanki, gollarimizdan birini albatta standart vaziyatdan so‘ng kiritamiz. Umuman olganda bu o‘yinda termamizning  sarlash uchrashuvlarga qay darajada tayyorgarlik ko‘rganini ko‘rib olish imkoniga egamiz.

Ushbu uchrashuvda terma jamoamizga ishonchli va chiroyli g‘alaba tilab qolaman.

Nizomjon Islomov

Bugungi o‘yinda hamyurtlarimizdan yirik hisobdagi g‘alabani kutyapman. Birinchidan, hujumchimiz hozir optimal formada. Futbolchilarimizda ham ishlar yomon emas.
Shu paytga qadar terma jamoamizda hujumchi muammo bo‘lib kelayotgandi. Ayni damda esa bu muammoga yechim bor. Qolgani Ektor Kuperga bog‘liq. Menimcha, hisob 3:0 bo‘ladi. Bizning foydamizga albatta. Menimcha, raqibning saviyasidan kelib chiqqan holda Ektor Kuper hujumkor taktika tanlasa kerak.

Farxod Shavdillayev

Bugungi saralash uchrashuvida Falastin terma jamoasiga karshi xamyurtlarimiz yakkol fovarit. Tarkibimiz optimal xolatda. Safar uchrashuviga karamasdan, futbolchilarimiz bugungi uchrashuvga tayyor. Mening fikrimcha, bugun futbolchilarimiz 0:2 xisobida zafar kuchishadi.

Abdulxakov Jasur


Bugungi bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda himoyamizning pala-partishligi, terma jamoamiz hujumchilarining yuqori sport formasida ekanligini inobatga olib  yirik bo‘lmagan hisobdagi g‘alabani kutmoqdaman. Mening tahminim 3-1

Olimxo‘ja Bo‘ronov

Menimcha uchrashuv termamizning katta ustunligida o‘tsa kerak. Bugungi raqibimizdan ortiqcha qarshilik kutmayapman.

Umid qilamanki terma jamoamiz yirik hisobda g‘alaba qozonadi. Shahsan o‘zim Eldor Shomurodovdan gollar kutib qolaman. Bugungi uchrashuvda yigitlarga omad yor bo‘lsin!

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:34, 05.09.2019.
O'qildi: 8018 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.