Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Bularning ko‘ngliga qaramang, urishing, teping, janob Kuper!

Bularning ko‘ngliga qaramang, urishing, teping, janob Kuper!

Baho:
+ | -

Kecha Falastin terma jamoasiga qarshi o‘yin o‘zbek futbolining yuziga tarsaki bo‘lib tushdi. Tag‘in biz eng yaxshi tarkib yig‘ildi, deb turgan paytda. Tag‘in termamizni xorijlik mutaxassis boshqargan paytda.

Hamma ayb Kuperdami?

Ha, hamma ayb Kuperda. Nega deysizmi? Chunki Kuperning vazifasi terma jamoani shakllantirib, jahon chempionatiga olib chiqish. Hech kim Kuperga “Faqat mana shu futbolchilardan foydalana olasan, boshqa imkoning yo‘q”, demagan. Ehtimol, kimdir yoki kimlardir shunday degan bo‘lsayu, Kuper bunga ko‘ngan bo‘lsa, bu ham Kuperning aybi. Yuqoridan qandaydir tazyiq yoki buyruq bo‘layotgan bo‘lsa, ishini yig‘ishtirib ketishi kerak.

Vaziyat qanday bo‘lishidan qat’iy nazar Ektor Kuper bor mas’uliyatni o‘z bo‘yniga oladigan inson. U — bosh murabbiy. Tarkibni u tanlaydi, taktikani u tanlaydi. Mashg‘ulotlarni u boshqaradi.

TARKIB

Kechagi tarkib optimalmidi? Yo‘q. Chunki, birinchidan, Falastinga qarshi kamida ikkita hujumchi bilan o‘ynash kerak edi. Eldor Shomurodovga sherik kerak edi. Eldor nega “Rostov”da qatorlashtirib gol uryapti? Chunki sherik bor. Uni to‘p bilan ta’minlay oladigan, raqib himoyachilarini chalg‘itib turadigan hujumchi bor. Bizdayam shunday hujumchilar bor, ammo ikki hujumchini maydonga tushiradigan mard topilmayapti. Va deyarli kafolat beramanki, navbatdagi o‘yinda ham Kuper bitta hujumchi bilan o‘ynaydi.

Qolaversa, nega muxlislar termaga tortmasligini bilib turgan futbolchilarning salohiyatini bosh murabbiy bilmaydi. Eng yomoni, yakunda murabbiy emas, muxlislar haq bo‘lib chiqadi. Kecha ham shunday bo‘ldi. Ayniqsa, himoyamiz juda-juda rasvo.

TAKTIKA

Kechagi taktika optimalmidi? Yo‘q, aslida, kecha taktikaning o‘zi yo‘q edi. Qanotlardan va markazdan yorib kiradigan taktikani ko‘rmadik. Qizig‘i, Kuper boshchiligida terma jamoamiz markazdan yorib kirish va qanotlardan kutilmagan to‘p uzatishlarini amalga oshirishga asoslangan taktikada o‘ynab ko‘rgan. Kuper nega kechagi o‘yinda ana shunday hujumkor taktikaga asoslanmadi, hayronman. Nega qo‘rqoqlik qildi, hayronman. Shu o‘rinda bir savol menga hech tinchlik bermaydi: futbolchilarimiz mashg‘ulotda nimalar qilisharkin? “Real”, “Barselona”, boringki Osiyo klublari ham mashg‘ulotda nimalar qilishini taxminan qilamiz. Albatta, ikki jamoaga bo‘linib, o‘zaro futbol o‘ynashadi. Ermakka yoki shunchaki mashg‘ulot uchun emas, jiddiy futbol o‘ynashadi. Ana o‘sha o‘yin davomida yangi taktika sinovdan o‘tkaziladi, o‘zaro to‘p uzatishlar amalga oshiriladi, futbolchilar bir-birlarini tushunishadi. Moslashishadi. Falastinga qarshi o‘yindan oldin esa biznikilar bunday tayyorgarlik xayollariga ham keltirishmagan shekilli. Chunki kecha shunaqangi allambalo to‘p uzatishlari amalga oshirildiki, go‘yo to‘p uzatayotgan futbolchi Iskoyu uni qabul qilib oladigan futbolchi Ronaldu... Ko‘p bora bu qanotdan narigi qanotdagi futbolchiga havolatib to‘p uzatishlarini amalga oshirishdi. Lekin bir safar to‘p kerakli manzilgacha yetib bormadi, boshqa bir safar esa futbolchimiz to‘pni qabul qilishda adashdi. Ko‘rpangga qarab oyoq uzatsang-chi, baraka topgur? Sen biror marta uzoq masofaga aniq to‘p uzatishni qoyillatganmidingki, bu hunaringni rasmiy o‘yinlarda ko‘rsatsang?

Shu o‘rinda yana bir jihatni alohida ta’kidlash joiz. Biz o‘zbeklarda bir jihat bor, yaxshi gapirib, kamchiliklarga ko‘z yumib, muloyim bo‘lishga harakat qilsang, boshingga chiqishadi. Aftidan, Ektor Kuper kechagidan futbolchilar bilan bir vagonda ketib, ularga muloyim munosabatda bo‘lgandan ko‘ra, aura saqlashi lozim. Bizning futbolchilar cho‘chib turishsa, hayiqib turishsagina o‘ynashlari mumkin. Ular andishani “Ha, bu biz bilan yaqin bo‘lishga intilyapti, samimiy munosabatda bo‘lyapti, kel, shuning ishonchini oqlaymiz”, deb emas, “Nimayam derdi, ko‘ngilchan odam ekan, hech narsa demaydi, baribir”, deb qabul qilishadi, shekilli. Kechagi o‘yin xuddi shunday taassurot qoldirdi. Chunki Kuper matbuot anjumanida “Futbolchilar men bergan topshiriqni bajara olishmadi”, dedi. Chunki bu aniq, Kuper bunday rasvo uslubni o‘rgatmagandir. Ammo futbolchilarning bunday loqaydligiyu beparvoligiga ham Kuperning o‘zi sababchi. Janob Kuper, siz futbolchilarning ko‘nglini olmang, ularga yaxshi gapirmang, ular bilan do‘st bo‘lmang, bu “Liverpul” klubi va undagi Saloh, Mane kabi professional futbolchilar emaski, Kloppning samimiyligiyu do‘stligi kabi munosabatni to‘g‘ri tushunishsa? Siz biznikilarga Mourinyo va shunga o‘xshash qattiqqo‘l murabbiylar kabi munosabatda bo‘ling. Bizga futbolchilarning emas, muxlislarning ko‘nglini oladigan murabbiy kerak.

Xulosam nima? Yakuniy xulosa chiqarishdan yiroqman-u, ammo vaziyatga real qaraydigan bo‘lsak, bu o‘yin bilan jahon chempionatiga-ku chiqa olmaymiz, terma jamoa tarixidagi eng yomon natijani qayd etishimiz turgan gap. Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yinda esa futbolchilar va murabbiylar taktikani keskin o‘zgartira olishlariga ko‘zim yetmayapti. Ishqilib, adashgan bo‘lay.

Nizomjon ISLOMOV

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:11, 06.09.2019.
O'qildi: 15170 marta.
Fikrlar: 31 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.