Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Zidanni hayratda qoldirgan futbolchilar

Zidanni hayratda qoldirgan futbolchilar

Baho:
+1 | -

Bugun e’tiboringizga futbol olamidagi eng chiroyli texnika egasi sifatida tarixdan muqim joy olgan sobiq futbolchi va murabbiy Zayniddin Zidan tomonidan kuchli deb topilgan 5 ta futbolchi haqida berilgan intervyularni taqdim etamiz. Ushbu intervyular Rossiyaning «Futbol-Futbol» nashri tomonidan jamlanib e’lon qilingan.

Stiven Jerrard

Jurnalistlar Ronaldu va Messiga juda katta e’tibor qaratishadi va boshqa qahramonlar haqida unutib qo‘yishadi.
Stiven ajoyib futbolchi. U o‘z vaqtida nafaqat o‘z pozisiyasida, balki butun futbol olamidagi eng kuchli futbolchi edi. Uning maydondagi o‘yini boshqa futbolchilarnikidan sifatliligi bilan yaqqol ajralib turar edi. Undagi yetakchilik xususiyati alohida mavzu. Stiven o‘z jamoadoshlarining ruhiyatini ko‘tarishi va ularni o‘ziga bo‘lgan ishonchini ortishiga sabab bo‘lar edi. Bunday hislatlarga ega bo‘lish uchun tug‘ma iste’dod egasi bo‘lish lozim. Boshqachasiga yetakchi bo‘lishning iloji yo‘q. Sababi hech qayerda sardorlik borasida mashg‘ulotlar o‘tkazilmaydi.

Luka Modrich

Albatta mening fikrimga ko‘pchilik qo‘shilmasligi mumkin, biroq o‘ylashimcha Modrich chinakam mashina. To‘g‘ri, u qolganlardan ajralib turmaydi, uning statistikasi ham kishini hayron qoldirmaydi, lekin u dunyodagi eng kuchli yarim himoyachi. Gap shundaki, u juda tartibli futbolchi. Uning o‘yinlarini zimdan kuzatgan inson sifatida shuni aytishim mumkinki, u jamoa yengilgan o‘yinlarda ham bor kuchi bilan maydonda to‘p suradi va o‘z zonasidagi barcha vazifalarni a’lo darajda uddalaydi. Men uning birorta uchrashuvni «buzib qo‘yganini» eslay olmayman.   U zamonaviy futbol tili bilan aytganda «Real Madrid»ning miyasi. Aynan Luka jamoaning o‘yin tempini belgilab beradi.

Neymar

Neymar yer yuzidagi millionlab insonlarning ko‘zlarini quvnata oladigan darajada chiroyli to‘p suradi. U ajoyib futbolchi. Ochig‘I, uning maydon tashqarisidagi hayoti bilan umuman qiziqmayman. U haqida yolg‘onlarni to‘qib chiqarayotgan jurnalistlar haqida ham hech narsa demoqchi emasman. Bu ularning vijdoniga havola. Hozirda Neymar ancha qiyin ahvolda qolgan. Unga muammolarini tezda hal etib katta futbolga qaytishiga tilakdoshman.
Ochig‘I mendan sobiq futbolchilarning nomini eshitishni taxmin qilgan bo‘lsangiz kerak. To‘g‘risi, bu futbolchilarni murabbiy ko‘zi bilan qaragan holda tanlashga qaror qildim. Stiven borasida istisno qilishga qaror qildim. Sababi, yarim himoyachilarning o‘yini menga ko‘proq yoqadi. Jerrard esa, eng kam e’tibor qozongan hamma zamonlarning eng kuchli yarim himoyachisi.

Ronaldu va Messi

Ronaldu va Messi hozirda dunyoning eng kuchli futbolchilari sanaladi. Hozirda bu ikki yigitning o‘z uslubi mavjud. Ular tomonidan maydonda ko‘rsatilayotgan mo‘’jizalardan hayratda qolmaslikning iloji yo‘q. Messi ham Ronaldu ham natijaga ta’sir o‘tkaza oladigan kam sonli futbolchilar sirasiga kiradi. Men ular haqida uzluksiz so‘zlashim mumkin. «Barselona»ning Messisiz naqadar o‘zgarib ketishini hamma ko‘rdi. Istalgan jamoa Messi bilan va usiz boshqacha futbol ko‘rsatgan bo‘lar edi. Ronaldu esa, hozirgi avlodning eng kuchli futbolchisi. U o‘z kariyerasi davomida buni tinimsiz isbotlab kelmoqda. Uning qo‘lga kiritgan sovrinlari ortida juda katta mehnat yotadi. Ochig‘I Krishning intiluvchanligi har qanday insonni hayratda qoldirgan bo‘lar edi. Ronaldu doimo kuchli bo‘lishga urinadi.
Nima bo‘lgan taqdirda ham men Messi va Ronalduning o‘yinlaridan zavq olaman. Axir ular hozir tarixni yozishmoqda.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:45, 08.09.2019.
O'qildi: 16662 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.