Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 05:00 Nottingem Forest - Brentford
26/04 16:30 Chelsi 1-0 Everton
26/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Xorazm
26/04 19:00 Mash’al 0-0 Surxon
26/04 19:00 Brayton 3-2 Vest Xem
26/04 19:00 Nyukasl 3-0 Ipsvich
26/04 19:00 Sautgempton 1-2 Fulhem
26/04 19:00 Vulverhempton 3-0 Lester
26/04 20:15 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
27/04 00:30 An-Nasr (SA) 4-1 Yokogama Marinos
27/04 15:30 Venetsiya 0-2 Milan
27/04 15:30 Komo 1-0 Jenoa
27/04 18:00 Inter 0-1 Roma
27/04 18:00 Navbahor 3-0 Buxoro
27/04 18:00 Paxtakor 1-0 Sho‘rtan
27/04 18:00 Bornmut 1-1 Man. Yunayted
27/04 19:15 Vilyarreal - Espanyol
27/04 20:15 Nasaf - Qizilqum
27/04 20:30 Liverpul - Tottenhem
27/04 21:00 Yuventus - Monsa
27/04 21:30 Kavasaki Frontale - As-Sadd
27/04 23:45 Atalanta - Lechche
27/04 23:45 Napoli - Torino
28/04 19:00 Bunyodkor - OKMK
28/04 21:30 Udineze - Bolonya
28/04 23:45 Verona - Kalyari
28/04 23:45 Lasio - Parma

Nadal — 4 karra «US Open» g‘olibi!

Nadal — 4 karra «US Open» g‘olibi!

Baho:
+ | -

AQSHning Nyu-York shahrida «US Open» musobaqasi o‘z nihoyasiga yetdi. Erkaklar o‘rtasidagi musobaqaning finaliga rossiyalik Daniil Medvedev (5) va ispaniyalik Rafael Nadal (2) yetib kelishdi.

Birinchi setda 23 yoshli tennischi tajribali raketka ustasi bilan tengma-teng kurash olib borishga harakat qildi. Bo‘lim davomida ikkala sportchi bir martadan "breyk"ni amalga oshirishdi. Hisob 6:5 paytida esa Nadal yana bir "breyk"ni rasmiylashtirdi va setni o‘z foydasiga hal qildi — 7:5.

Ikkinchi setda esa Nadal bitta "breyk" bilan oldinga chiqib oldi va bo‘lim oxiriga qadar uni boy bermadi — 6:3. Setlar bo‘yicha — 2:0.

Uchinchi set boshida Rafa "breyk"ni amalga oshirib, hisobda oldinga o‘tib oldi. Ammo Medvedev o‘sha zahoti qayta "breyk"ga erishdi va muvozanatni tikladi. Set so‘ngida hisob 6:5 bo‘lib turgan paytda ispaniyalik raketka ustasi to‘pni o‘yinga kiritdi. Daniil juda yaxshi o‘yin namoyish qilib, geymni 0:40 ko‘rinishiga keltirdi. Nadal bitta breyk-pointni bartaraf etdiyu, ammo Medvedev imkoniyatni qo‘ldan chiqarmay, setni o‘z foydasiga hal qildi — 7:5. Setlar bo‘yicha — 2:1.

To‘rtinchi set tengma-ket kurashlar ostida kechdi. O‘yinga to‘la moslashib olgan rus tennischisi tajovuzkor o‘yinni kuchaytirib bordi. Setning eng so‘ngi geymida bu taktika o‘z samarasini berdi. Medvedev set so‘ngida "breyk"ga erishdi va bo‘limni o‘z foydasiga hal qildi — 6:4. Setlar bo‘yicha — 2:2.

Beshinchi set dramatizmga boy bo‘ldi. Ispaniyalik tennischi bo‘lim davomida ketma-ket ikkita "breyk"ni amalga oshirdi va hisobni 5:2 ko‘rinishga keltirdi. Nadal to‘pni o‘yinga kiritgan paytda barchasi hal bo‘ladigandek edi. Ammo Medvedev holdan toyganiga qaramay, match-pointni bartaraf etib, "breyk"ga erishdi. Medvedevning to‘p uzatishida Rafa yana bir marta matchbolga ega bo‘ldi. Ammo Daniil yana bir marta vaziyatdan chiqib ketdi va hisobni 5:4ga yetkazdi. Setning 10-geymida Medvedev "breyk" qilishiga oz qoldi: u "breyk-point"dan foydalana olmadi. Ammo ispaniyalik tennischi bu geymni o‘z foydasiga hal qildi. Geym, set, match! 3:2.

Shu tariqa, Rafa Nadal faoliyati davomida to‘rtinchi «US Open»ni, "katta dubulg‘a" turkumidagi 19-sovrinni qo‘lga kiritdi. Rojer Federernig rekordini takrorlash uchun unga bitta "dubulg‘a" kerak.

Nadal ushbu turnirda 3 850 000 dollar ishlagan bo‘lsa, Medvedev o‘z g‘aznasini 1 900 000 dollarga boyitib oldi.


Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:37, 09.09.2019.
O'qildi: 3837 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz