Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Hammasi boshqacha bo‘lishi mumkin edi

Hammasi boshqacha bo‘lishi mumkin edi

Baho:
+ | -

Hozirda ko‘plab terma jamoalarda bir yo‘la ikki davlat fuqorosi sanaladigan futbolchilar to‘p surishi odatiy xolga aylanib bormoqda. Bunday futbolchilar sirasiga kiruvchi ko‘plab misollarni keltirishimiz mumkin. Ana shunday futbolchilar ko‘pincha ikki davlatdan birining terma jamoasida to‘p surishga majbur bo‘lishadi. Bugungi qahramonlaimiz uz faoliyati davomida ikki davlatdan birini tanlaganlar bo‘ladi.

Leonel Messi

Terma jamoa safida omadsizlik borasida Leo Messiga yetadigani bo‘lmasa kerak. U qanchalar kuchli futbol namoyish etmasin, Argentina uchun  birorta sovrin yutib berishning uddasidan chiqa olmayapti, biroq hammasi o‘zgacha bo‘lishi mumkin edi! Gap shundaki, unga o‘z vaqtida Ispaniya terma jamoasida to‘p surish taklifini berishgan edi. Futbolchi uzoq o‘ylab o‘tirmasdan Argentinani tanlaydi. Keyinchalik, Ispaniya terma jamoasining oltin davri boshlandi va ular dunyo shoxsupasiga ko‘tarilishga muvaffaq bo‘lishdi. Agarda, Messi o‘z vaqtida Ispaniya terma jamoasini tanlaganda bormi? Ispaniya futboli oltin davrining chinakam durdonasiga aylangan bo‘larmidi? Azaliy raqobatchisi Ronaldudan yetib bo‘lmas darajada uzoqlashib ketgan bo‘larmidi? Bunday savollar ko‘plab paydo bo‘lsada, afsuski, savollar javob olishning iloji yo‘q.

Kalidu Kulibali

Hozirda transfermarket nashri tomonidan dunyoning eng qimmat himoyachisi sifatida qayd etilgan futbolchi Senegal terma jamoasida to‘p surishidan xabaringiz bor. Futbolchi uchun hammasi boshqacha ko‘rinish olishi ham mumkin edi, sababi unda ikkita davlat pasporti mavjud. Kalidu Fransiya fuqarosi ham hisoblanadi. O‘z vaqtida futbolchi bilan Fransiya futbol rahbarlari bog‘lanishganida, futbolchi oila a’zolaridan maslahat so‘raydi va otasining so‘zlari tufayli Fransiya sharafini himoya qilishdan bosh tortadi. Ko‘plab fransiyalik  futbolchilardan farqli holda qahramonimiz o‘zi tug‘ulgan davlat sharafini himoya qilishni avzal ko‘radi! Bunday tanlov juda kamdan-kam xollardagina kuzatiladi.

Levin Kurzava

Fransiya terma jamoasidagi o‘yinlari bilan ko‘pchilikka yaxshi tanish bo‘lgan futbolchining otasi polshalik bo‘lib, onasi kichik Gvadalupe davlatidan. Qahramonimiz 18 yoshida Fransiya yoshlar terma jamoasi bilan qit’a chempionligini qo‘lga kiritadi va butun Yevropani o‘ziga qaratadi. Futbolchida polyak qoni oqayotganidan xabari topgan Polsha futbol vakillari Levin bilan aloqaga chiqadi uni terma jamoada to‘p surishga chorlaydi. Bu savol ustida uzoq bosh qotirgan futbolchiga Fransiya terma jamoasidan ham taklif tushadi vaziyat yanada qiyinlashadi. Oqibatda, Levin Fransiya termasini tanlashga qaror qiladi va jamoa safida bir necha o‘yin o‘tkazadi.

Mauro Ikardi

Argentina terma jamoasidan chetda qolib ketishiga o‘rganib qolgan bo‘lsakda, Ikardi o‘z tanlоvidan sira afsuslanmasligini bot-bot takrorlaydi. Futbolchiga o‘z vaqitda Italiya va Ispaniya terma jamoalaridan takliflar tushgan bo‘lsada, Ikardi o‘z vatani jamoasi sharafini himoya qilishni avzal ko‘rgani e’tiborga molik.

Eng qizig‘I shundaki, futbolchi 18 yoshga to‘lgan chog‘ida Italiya terma jamaosining yoshlari safida to‘p tepishi mumkin edi. Xatto unga sardorlik bog‘ichini taklif etishgan bo‘lsada, o‘z fikridan qaytmagan ekan. Keyinchalik Ispaniya futbol rahbarlari uning otasi bilan aloqaga chiqishgan va xatto kattagina summadagi pul ham taklif etishgan. Futbolchi Argentina terma jamoasida to‘p surish bolalikdagi eng katta orzusi ekanligi va bu orzudan voz kechmasligi bois, barcha takliflarni rad etgan.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 13:54, 10.09.2019.
O'qildi: 9222 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.