Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 4-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 14:18 Herta 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/04 14:18 Volfsburg 2-2 Frayburg
20/04 14:18 Mayns 2-0 Nyurnberg
20/04 14:18 Bavariya 5-2 Verder
20/04 14:18 Hoffenhaym 0-0 Ayntraxt F
20/04 14:21 Bayer 2-2 Borussiya D
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem

«Double Pass» kompaniyasi «Metallurg» futbol klubi bilan tanishmoqda

«Double Pass» kompaniyasi «Metallurg» futbol klubi bilan tanishmoqda

Baho:
+ | -

Yevropaning taniqli kompaniyalaridan biri "Double Pass"  vakillari ikki kundirki Bekobodning “Metallurg” jamoasi vakillari bilan muloqotda bo‘lib turishibdi. Dastlabki kuni ular Qibray o‘quv-mashg‘ulot maskaniga tashrif buyurishdi va jamoa bosh murabbiyi, uning yordamchilari bilan suhbatlashishdi. Jamoani professional tarzda shakllantirish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘lami bilan tanishishdi. Ikkinchi kuni esa klub rahbariyati - bosh direktor, sport ishlari bo‘yicha direktor, texnik direktor bilan muloqot davom ettirildi. Suhbatlardan chiqariladigan xulosaga ko‘ra kompaniya va klub o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda.

Mazkur klub vakillari ikki kunlik tanaffusdan keyin Bekobod shahriga tashrif buyurishi,  klub infratuzilmasi, futbolchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, futbol akademiyasi qurilishi hamda bolalar futboli bilan tanishishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu kompaniya futbol klublari tuzilmasini o‘rganib, klub, futbolchilar va akademiyalarning yanada rivojlanishi uchun yordam berib keladi. Uning mutaxassislari klublarda bo‘lib, ma’lum vaqt davomida butun tizimni o‘rganib chiqishadi va ish qay darajada professional yo‘lga qo‘yilgani haqida o‘z xulosasini beradi.

"Double Pass" kompaniyasi Germaniya bundesligasi, Angliya premyer-ligasi hamda jahonga mashhur klublar bilan hamkorlik qilib keladi.

Manba: metallurg-pfc.uz
Kiritildi: 18:04, 11.09.2019.
O'qildi: 2716 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик