Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

Azamat Abduraimov: «Maydonda hamisha bor mahoratni ishga solgan holda o‘ynash zarur»

Azamat Abduraimov: «Maydonda hamisha bor mahoratni ishga solgan holda o‘ynash zarur»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston U-16 terma jamoasi bugun BAAlik tengqurlariga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Qiziqarli tarzda kechgan mazkur bellashuvda kuchlar teng keldi – 1:1.

O‘yindan so‘ng O‘zbekiston U-16 terma jamoasi ustozi Azamat Abduraimov quyidagicha fikr bildirib o‘tdi:

"Saralash bahslarida yomon o‘ynagandan ko‘ra bugungidek o‘rtoqlik o‘yinida yomon o‘yin namoyish etgan ma’qul, nazarimda. Bugun asosiy tarkib futbolchilari maydonga tushishdi. Ammo endi o‘ylanib qoldik, asosiy tarkibmiz bugungi bahsda maydonga tushgan futbolchilarmi yoki o‘tgan safargi uchrashuvda o‘ynaganlarmi. Bugundan ushbu yig‘in yakunlanadi va 14 sentyabrdan yana yig‘ilamiz. Yakuniy tarkib musobaqa oldidan e’lon qilinadi.

O‘tgan safargi uchrashuvda ko‘pincha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan futbolchilar maydonga tushishgan edi. Bugun esa Dushanbe hamda Moskvada o‘tgan musobaqada o‘ynagan futbolchilar maydonda harakat qilishdi. Yigitlarga o‘yin oldidan ham to‘liq diqqat-e’tiborni jamlagan holda harakat qilish lozim ekanini ta’kidlagan edim. Zero, raqibni mensimaslik va o‘yindan oldinoq g‘alaba qildik, deb o‘ylash – noto‘g‘ri. Maydonda hamisha bor mahoratni ishga solgan holda o‘ynash zarur. Shu jihatdan ham bugungi uchrashuv biz uchun yaxshi dars bo‘ldi.

Nega men birinchi bo‘limni zaxira o‘rindig‘idan kuzatmadim? Men har doim birinchi taymda tribunada o‘tirib o‘yinni kuzataman. Tribunadan o‘yinning to‘liq suratini ko‘rish osonroq. Ikkinchi taymda esa zaxira o‘rindig‘ida o‘tiraman. Chunki ikkinchi bo‘limda ko‘proq futbolchilarga ko‘rsatmalar berib borishim talab etiladi", — dedi mutaxassis. 

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 21:39, 11.09.2019.
O'qildi: 3686 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.