Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Habibning navbatdagi raqibi aniq

Habibning navbatdagi raqibi aniq

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT

UFC chempioni Habib Nurmagamedov Abu-Dabidagi g‘alabasidan so‘ng, Rossiya sport nashrlari bilan bo‘lgan uchrashuvda o‘zining navbatdagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi. Hozir u tomonidan bildirilgan fikrlar bilan o‘rtoqlashib o‘tamiz.

Navbatdagi raqibi haqida

Abu-Dabidagi jang arenasini qurib bitirish uchun 2 oy sarflanganidan xabaringiz bo‘lsa kerak. Men Afrika qit’asida ham shunday arena qurilishini va uni UFC qurib berishini istayman. Agar UFC buni xohlasa, uzog‘I bilan 3 oy ichida Kongo, Somali, Sudan singari davlatlardan birida arena qad rostlashi mumkin. Shaxsan men Jorj Sen-Pyer bilan xayriya jangida oktagonga chiqishga tayyorman.

Bu to‘qnashuv ortidan kamida 50 million ishlab olsa, bo‘ladi. Bu pullarni Afrikadagi yordamga muxtoj insonlarga ulashsak, ayni muddao bo‘lar edi. Bilasizmi, ularda hozir ichimlik suvi yo‘q. Biz uchun g‘alati tuyulsada, u yerda insonlar ochlikdan o‘lishmoqda. U yerdagi millionlab insonlar aynan shu muammo sababli katta qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda. Agarda UFC meni qo‘llab-quvvatlasa, Jorj Sen-Pyer bilan to‘qnash kelishim mumkin. U chinakam yulduz va u bilan bo‘ladigan jangim hammada katta qiziqish uyg‘otishi aniq. Agarda meni qo‘llab turishsa, jang yanvar yoki Fevral oyida bo‘lib o‘tadi. Jangdan tushgan barcha pullarni Afrikadagi qashshoq davlatlarga ulashamiz.

Toni Fergyuson haqida

Qarorni UFC chiqaradi. Menga qolsa, u bu jang uchun loyiq. O‘ylashimcha keyingi jangim aynan unga qarshi bo‘lib o‘tadi. Bu jang «daxshatli» bo‘lishi aniq. Agarda men Tonini mag‘lubiyatga uchratsam, ular men uchun yana kimnidir tavsiya qilishadi. Uni yaxshilab reklama qilishadi va menga uni yengishdan boshqa chora qoldirishmaydi. Bu shunchaki o‘yin! Shunisi aniqki, men Toni ustidan g‘alaba qozonsam ham hech narsa o‘z yakuniga yetmaydi. Ular yangidan yangi jagchilarni menga qarshi qo‘yaverishadi.

Manba: Hennesy.com
Kiritildi: 23:41, 11.09.2019.
O'qildi: 18196 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.