Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

“Andijon” – “So‘g‘diyona” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv arafasida...

“Andijon” – “So‘g‘diyona” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv arafasida...

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun Andijonda futbol bayrami! “Coca Cola” Superligasining 19 – tur o‘yinlarini “Andijon” – “So‘g‘diyona” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv boshlab beradi!
Uchrashuvga bo‘lgan qiziqish juda yuqori. Sababi, “Andijon” ikkinchi davrani muvaffaqiyatli boshladi, biroq, so‘nggi ikki turdagi mag‘lubiyatlar muxlislarni xafa qilgani bor gap. Qolaversa, bugun “Andijon” o‘z muxlislari qarshisida o‘ynaydi va ularni xursand qilish uchun maydonga tushishi aniq.
Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasini ikkinchi davrada to‘htatib bo‘lmayapti. Ulug‘bek Baqoyev boshchiligidagi jamoa ikkinchi davrada beshta uchrashuv o‘tkazib, shularning 4tasini g‘alaba bilan yakunlagan bo‘lsa, safarda “Buxoro” jamoasi bilan durang o‘ynadi. Ko‘rib turganingizdek, “So‘g‘diyona” “avjiga” chiqqan payt.

“Andijon” hamda “So‘g‘diyona” jamoalarning ikkinchi davradagi uchrashuvlari:
“Andijon” – “Buxoro” 2:0
AGMK – “Andijon” 2:2
“Metallurg” – “Andijon” 0:2
“Andijon” – “Navbahor” 0:1
“Paxtakor” – “Andijon” 5:1

“So‘g‘diyona” – “Lokomotiv” 1:0
“Qo‘qon-1912” – “So‘g‘diyona” 1:2
“So‘g‘diyona” – “Qizilqum” 1:0
“Buxoro” – “So‘g‘diyona” 1:1
“So‘g‘diyona” – AGMK 1:0

“Andijon” – “So‘g‘diyona” jamoalarining so‘nggi beshta mavsumdagi o‘zaro uchrashuvlari:
Bugungi jamoalar 2011 yilgi mavsumdan shu kungacha o‘zaro 9 marotaba bahs olib borishdi. O‘tkazilgan 9 uchrashuvning to‘rttasida “Andijon” jamoasining qo‘li baland kelgan bo‘lsa, jizzaxliklar ham 4 ta uchrashuvda g‘olib bo‘lishgan. Atigi bitta uchrashuvda jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan.
Joriy mavsumning birinchi davrasidagi o‘yini Jizzaxda bo‘lib o‘tgandi va o‘shanda himoyadagi xatolarimiz evaziga 1:2 hisobida jamoamiz alamli mag‘lubiyatga uchragandi.
2011 yil:
“Andijon” - “So‘g‘diyona” 2:1
“So‘g‘diyona” – “Andijon” 1:1
2014 yil:
“Andijon” - “So‘g‘diyona” 1:2
“So‘g‘diyona” – “Andijon” 1:0
2015 yil:
“Andijon” - “So‘g‘diyona” 3:2
“So‘g‘diyona” – “Andijon” 1:2
2016 yil:
“Andijon” - “So‘g‘diyona” 3:0
“So‘g‘diyona” – “Andijon” 1:0
2019 yil:
“So‘g‘diyona” – “Andijon” 2:1
“Andijon” - “So‘g‘diyona” ?:?

Uchrashuvni Zokir Qodirov boshqarib boradi.
Bugungi uchrashuvni boshqarish vazifasi navoiylik Zokir Qodirovga yuklatilgan. Joriy mavsumda 13 ta uchrashuvni boshqargan Qodirov “Andijon”ning bitta, “So‘g‘diyona”ning uchta o‘yinida bosh hakamlik qilgan. Zokir Qodirovga qanotlarda Ruslan Samandarov va Rasul Fozilovlar yordam berib borishadi.

Uchrashuv “Sport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi
“Andijon” – “So‘g‘diyona” jamoalari o‘rtasidagi bahs soat 18:00dan e’tiboran O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Sport” telekanali orqali efirga uzatiladi. Uchrashuvni sport sharhlovchisi Xayrulla Hamidov sharhlab boradi.

Manba: Андижон матбуот хизмати
Kiritildi: 14:49, 13.09.2019.
O'qildi: 1982 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик