"Benfika" yarim himoyachisi Pissi Portugaliya chempionatining avgust oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.
Mavsumni yaxshi boshlagan yarim himoyachi chempionatning dastlabki to‘rt o‘yinida 5 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.
Bundan tashqari, 29 yoshli Pissi "Sporting" bilan Portugaliya Superkubogi uchrashuvida (5:0) 2 ta gol va 1 ta gollik uzatmani amalga oshirdi.