Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari 1-1 Lechche
05/05 17:00 Osasuna 0-2 Betis
05/05 18:00 Navbahor 4-0 Lokomotiv
05/05 18:00 Brayton 1-0 Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi 5-0 Vest Xem
05/05 18:00 Empoli 0-0 Frozinone
05/05 18:00 Verona 2-1 Fiorentina
05/05 18:30 Bunyodkor 0-2 Surxon
05/05 19:15 Selta 3-2 Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul 4-2 Tottenhem
05/05 21:00 Milan 3-3 Jenoa
05/05 21:30 Valensiya 0-1 Alaves
05/05 23:45 Roma 1-1 Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D

Eldor Shomurodov rus jurnalistlari nigohida

Eldor Shomurodov rus jurnalistlari nigohida

Baho:
+ | -

«NE Futbolnaya strana» RPL klublarida to‘p surayotgan ko‘zga ko‘ringan futbolchilar haqida ma’lumot berishni xush ko‘radi. Kuni kecha ushbu kanal «Shomurodov haqida 7 ta fakt» nomli maqola va video rolikni e’lon qildi.

Biografiya

Eldor Shomurodov 1995-yilning 29 iyun sanasida Surxandaryoda tavallud topgan. U tug‘ulib o‘sgan shahar O‘zbekistonning Afg‘oniston bilan janubiy chegarasi oldida joylashgan. Uning dadasi va amakisi futbolchi bo‘lib, quyi ligalarda to‘p surgan. Sportchilar oilasida katta bo‘lgani bois, Eldor 6 yoshidayoq futbol bilan jiddiy shug‘ullana boshlagan. U «Mashal» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Eldor ilk bor 2014-yilda o‘zining debyut uchrashuvida maydonga tushgan. O‘sha yili «Mashal»dagi o‘yinlari sababli uni yoshlar terma jamoasiga chaqira boshlashadi. Keyinchalik, uni O‘zbeksitonning eng ko‘zga ko‘ringan klublaridan biri «Bunyodkor» sotib oladi. 2,5 yil davomida Eldor «qaldirg‘ochlar» safida 96 ta uchrashuvda maydonga tushadi va 20 bor raqiblari darvozasini ishg‘ol etadi. Uning ishonchli o‘yini hammaning e’tiborini tortgach, milliy terma jamoadan chaqiruv oladi.

Moslashuv

2017-yilning iyul oyida o‘zbek «Rostov» bilan 2,5 yillik shartnoma imzolaydi va Rossiyaga ko‘chib o‘tadi. Shu o‘rinda aytib o‘tish lozim, Eldor uchun kurashda «Krasnodar» jamoasi ham qatnashgan bo‘lib, ular Eldorni Smolovning o‘rnini egallashidan umid qilishgan edi. Uning hozirgi darajaga ko‘tarilishida Karpinning tutgan o‘rni beqiyos.

Yangicha uslub

O‘tgan mavsum boshida Eldor faqatgina muammoliy nuqtalarda to‘p surdi. Murabbiy undan shunchaki, teshiklarni yamashda foydalandi desak, adashmgan bo‘lamiz. U o‘tgan mavsumda maydon markazida, ikkita qanot yarim himoyasida to‘p surdi. Aynan o‘zi uchun begona bo‘lgan pozisiyalarda to‘p surish futbolchining to‘liq o‘zini ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymadi.

O‘sish

Bundan 2 yil ilgari «Rostov» Eldor uchun atigi 750 ming yevro to‘lagan edi. Hozirda o‘zbekning transfermarketdagi narxi 2,5 million yevroni tashkil etayotgan bo‘lsada, uni qo‘lga kiritishni istagan klublar bundan anchagina ko‘proq to‘lashlari zarur. Gap shundaki, transfermarket nashri qishda futbolchilarning narxini yangilashi bilan, Shomurodovning narxi bir necha barobar ko‘tarilishi aniq.

O‘z murabbiyini topdi

Shomurodov va Karpin o‘rtasida do‘stona munosabat hukimron. Futbolchi o‘z o‘yinidagi o‘sishda murabbiyning hizmatlarini alohida ta’kidlab o‘tsa, Karpin o‘zbekni maqtashdan zerikmaydi. Ochig‘I Karpin tomonidan maqtovga juda kam futbolchilar loyiq ko‘rilgan. Karpinning aytishicha, Eldor RPLning eng kuchli yosh futbolchisi va uning narxi 50 million yevrodan kam emas. Shu kunga qadar Eldordan avvalroq, Karpin Ispaniyada ishlab yurgan chog‘larida Marko Asensioni maqtagan edi, xolos!

To‘purar

Eldor 20 yoshidayoq O‘zbekiston milliy terma jamoasining asosiy tarkib futbolchisi bo‘lishga ulgurgan edi. Ayniqsa, songgi qit’a chempionatida futbolchi o‘zining yangi qirralarini namoyish etdi. Musobaqa so‘ngida Shomurodov Azmun bilan birgalikda to‘purarlar poygasida 2-o‘rinni egalladi. Hozirda u O‘zbekiston terma jamoasi to‘purarlari poygasida 10-o‘rinda bormoqda. Bu borada Maksim Shatskih yaqqol peshqadam. Uning hisobida 34 ta gol mavjud.

Yevropa orzusi

Darhaqiqat, futbolchining ajoyib starti unga bo‘lgan qiziqishni juda oshirib yubordi. Ayniqsa, Fedor Chalovning APL klublaridan biriga o‘tishi haqidagi mish-mishlar ko‘paygan bir paytda, Moskvaliklar Shomurodovni uning o‘rniga xarid qilishni rejalashtirishgan edi, biroq futbolchining agenti hammasiga nuqta qo‘ydi. U o‘z mijozi klubda baxtli ekanligini va agarda boshqa jamoaga o‘tsa, bu Yevropa klublaridan biri bo‘lishini rasman e’lon qildi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:55, 13.09.2019.
O'qildi: 11904 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.