Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Vulverhempton - Liverpul
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Murodjon Ahmadaliyev yana muddatidan avval g‘alaba qozondi

Murodjon Ahmadaliyev yana muddatidan avval g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Professional boksning ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Murodjon Ahmadaliyev (7-0, 6 KO) 13 sentyabr kuni (Toshkent vaqti bilan 14 sentyabr) o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Unda Ahmadaliyevga kolumbiyalik tajribali bokschi Vilner Soto (22-7, 12 KO) raqiblik qildi.

GoSport.uz internet-nashri muxbirining xabar berishicha, Nyu-Yorkdagi «Medison Skver Garden» arenasidagi Hulu teatrida bo‘lib o‘tgan, 8 raundga mo‘ljallangan jang to‘rtinchi raundda nihoyasiga yetdi. Aynan to‘rtinchi raundning 1:56 soniyasi ortda qolganida Ahmadaliyev tomonidan berilgan ketma-ket zarbalar natijasida hakam jangni to‘xtatdi va texnik nokaut qayd etdi.

Natijada Ahmadaliyev o‘zining yettinchi jangida ham g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Bu uning oltinchi muddatidan oldingi g‘alabasiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, 13 sentyabr kuni Murodjon Ahmadaliyev aslida WBA va IBF chempionlik kamarlari uchun Daniel Romanga (27-2-1, 10 KO) qarshi ringga chiqishi lozim edi. Ammo Roman jangga 10 kun qolganida o‘ng yelkasidan jarohat olgani vaji bilan ringga chiqishdan bosh tortgandi.

Manba: gosport.uz
Kiritildi: 08:10, 14.09.2019.
O'qildi: 3769 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.