Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Ivan Solovyov: «Sovrinli o‘rinlar uchun oxirigacha kurashamiz»

Ivan Solovyov: «Sovrinli o‘rinlar uchun oxirigacha kurashamiz»

Baho:
+ | -

Milliy chempionatimizda bir qator legionerlar to‘p surishadi. Shular qatorida Namanganning “Navbahor” klubida o‘ynayotgan rossiyalik yarim himoyachi Ivan Solovyov ham bor. Ushbu futbolchi maydonda jonkuyarligi bilan ajralib turadi va shu bois ham namanganlik muxlislarning mehrini qozondi. Biz Coca Cola Cuperliga 19-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Paxtakor” uchrashuvidan oldin Ivan Solovyov bilan suhbatlashib, unga o‘zimizni qiziqtirgan bir necha savollar bilan murojaat qildik.

— Ivan, “Paxtakor” bilan bo‘ladigan bahsga tayyorgarlik qanday kechyapti?
— O‘zingizga ma’lum, bo‘lajak raqib ayni paytdagi turnir jadvali peshqadami sanaladi. Bundan tashqari, “Paxtakor” joriy mavsumda hali mag‘lubiyatga uchramagan. Shu bois, ushbu o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Bo‘lajak bahsda muxlislarga quvonch ulashish niyatidamiz.

— Mashg‘ulotlarni Andrey Kanchelskis olib bormoqda. Mazkur mutaxassisning ma’lum muddatli tanaffusdan so‘ng, yana “Navbahor”ga qaytganidan xursandmisiz?
— Albatta, xursandman. “Navbahor”ga meni aynan Kanchelskis taklif qilgan. U kuchli inson va mana ma’lum muddatdan so‘ng, barchasi iziga tushdi. Boisi, o‘sha paytda jamoamiz turnir jadvalida 3-pog‘onada borayotgandi. To‘g‘ri, so‘nggi 4ta o‘yinda “Navbahor” durang natijani qayd etgandi. Shuningdek, o‘z maydonimizda “Metallurg” (9-tur, 0:0) hamda “Andijon” (10-tur, 1:1) klublari bilan durangga imzo chekkandik. Safarda “Paxtakor” (8-tur, 2:2) bilan bo‘lib o‘tgan dramatik bahsdagi durangni esa ijobiy natija desa bo‘ladi.

Nimayam derdim, axir aytishadi-ku, nima bo‘lsa, barchasi yaxshilikka, deb. Andrey Antanasovichning iste’fosida ham bir hikmat bo‘lsa kerak. Endi Kanchelskisning qo‘l ostida keyingi bahslarda g‘alaba qozonish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz.

— Sizningcha, “Navbahor”da qisqa muddat faoliyat yuritgan serbiyalik mutaxassis Deyan Jurjevichga ijobiy natijaga erishish uchun nima yetishmadi?
— Omad yetishmadi. Futbolda omad ham muhim rol o‘ynaydi.

— “Navbahor” ishtirokidagi o‘yinlar orqali milliy chempionatimiz saviyasi borasida ham ma’lum tasavvurga ega bo‘ldingiz. Rossiya hamda O‘zbekiston chempionatlarining saviyasini solishtira olasizmi?
— Ushbu masalada bir narsa deyish qiyin. “Paxtakor” va “Nasaf” jamoalarining o‘yinlari menda yaxshi taassurot qoldirdi. Rossiya premyer-ligasining saviyasi ancha kuchli, menimcha.

— Ortda qolgan o‘yinlardan qaysinisi sizda yaxshi taassurot qoldirdi?
— Birorta uchrashuvni alohida ajratib ko‘rsatolmayman. “Navbahor” uchun joriy mavsumda birortayam oson o‘yin bo‘lmadi. Barcha bahslar qiyin kechdi.

— O‘zbekiston Rossiyadan farqli o‘laroq, issiq o‘lka hisoblanadi. Mamlakatimiz havosiga ko‘nikib ketdingizmi?
— Ko‘nikmay, iloj qancha? Albatta, ko‘nikib ketdik. Bu borada albatta sovutkichlar ham yordam berdi (kuladi).
    
— Maydonda qaysi jamoadoshingiz bilan birga to‘p surish qulay?
— Hamyurtim, hujumchi Aleksandr Kasyan bilan maydonda bir-birimizni juda yaxshi tushunamiz.

— Jamoada ichki muhit qanday?
— A’lo darajada! Barcha futbolchilar bir-birimiz bilan ahil-inoq va do‘stmiz. Men barcha jamoadoshlarim bilan yaxshi chiqishaman. Oramizda hech qanday bo‘linish yo‘q hamda bunday gap-so‘zlarning bari  mish-mishlardan iborat. Barchamiz bir-birimizni hurmat qilamiz.

— Ko‘pchilik muxlislarni futbolga qanday kirib kelganligingiz qiziqtiradi...
— Otam futbolchi bo‘lganligi uchun millionlar o‘yiniga bolaligimdan qiziqqanman. Shunday bo‘lsa-da, oldin, ya’ni 1-sinfdaligimda grek-rim kurashi to‘garagiga borib, 3 yil kurash bilan shug‘ullanganman. Keyinchalik futbol maktabiga borganman. Shu tariqa futbolga kirib kelganman.
    
— Bolaligingizda qaysi futbolchiga havas qilgansiz?
— Bolaligimda Moskvaning “Lokomotiv” klubi yarim himoyachisi Dmitriy Loskovga havas qilganman hamda uning o‘yinlaridan zavq olganman.

— Futbolchi bo‘lganingizdan hech afsuslanganmisiz?
— Yo‘q, bundan umuman afsuslanmayman va aksincha xursandman.  
    
— Futbolchilik faoliyatingiz davomida qaysi murabbiylar sizda yaxshi taassurot qoldirishgan?
— Uch nafar mutaxassis – hozirgi ustozim Andrey Kanchelskis, ayni paytda “Sochi”ni boshqarayotgan Aleksandr Tochilin hamda ruminiyalik mutaxassis, hozirgi kunda Ruminiyaning CHFR klubi bosh murabbiyi lavozimida ishlayotgan Dan Petreskudan futboldagi faoliyatim davomida ko‘p narsa o‘rgandim va buning uchun ulardan minnatdorman. Bular – haqiqiy ruhshunos murabbiylar hisoblanishadi va o‘zlari boshqargan jamoalarda ijobiy natijalarni qayd etishgan. Ushbu murabbiylarga keyingi faoliyatlarida omad yor bo‘lishini tilab qolaman.
    
— Joriy mavsumda “Navbahor”ning oldiga yuksak maqsadlar qo‘yilgan. Sizningcha, jamoa o‘z maqsadiga erisha oladimi?
— Umid so‘nggi pallada o‘ladi. Klubimizda ayni paytda nazariy jihatdan sovrinli o‘rinni egallash imkoniyati bor. Faqat buning uchun bo‘lajak bahslarda zafar quchishimiz lozim. Buni amalga oshirish uchun maydonda bor kuchimizni beramiz.
    
— Namangan futbolsevarlar viloyati. Muxlislarning qo‘llab-quvvatlashlari ham futbolchilarga qo‘shimcha kuch bag‘ishlaydimi?
— Albatta bag‘ishlaydi. “Navbahor” ishqibozlari jamoamizni doimo – uy uchrashuvlarida ham, safarda ham qo‘llab – quvvatlashadi. Bu esa biz – futbolchilarga qo‘shimcha ruhiy va jismoniy kuch bag‘ishlaydi. Namanganlik muxlislarni bemalol Rossiyaning “Zenit”, “Spartak” hamda SSKA klublarining ishqibozlariga tenglashtirsa bo‘ladi. To‘g‘risini aytsam, namanganlik muxlislarga qoyil qoldim.

Bo‘lajak bahslarda ham muxlislar jamoamizni yanada ko‘proq qo‘llab-quvvatlashsin hamda biz ularning ishonchlarini oqlashga intilamiz.

Bizning ma’lumot:

Ivan Solovyov – 1993 yil, 29 martda Rossiyaning Kaluga shahrida tug‘ilgan.

Futbol bilan 8 yoshidan shug‘ullana boshlagan.

Birinchi murabbiyi - Igor Koratayev.

Ampluasi – yarim himoyachi.

O‘ynagan jamoalari: “Dinamo” (Moskva, 2012 – 2013 yillar), “Zenit” (Sankt-Peterburg, 2013-2014 yillar), “Amkar” (Perm, 2014 yil), “Laxti” (Laxti, Finlyandiya, 2016 yil), “Fakel” (Voronej, 2016-2017 yillar), “Dinamo” (Sankt-Peterburg, 2017-2018 yillar), “Sochi” (Sochi, 2018 yil).

2019 yildan “Navbahor”da.

Muxlislik qiladigan jamoasi: “Manchester Yunayted” (Angliya).

Yoqtirgan futbolchisi: Lionel Messi.            

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 15:06, 14.09.2019.
O'qildi: 1981 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.