Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Aziz To‘xtaboyev: «Bugungi g‘alaba Qo‘qondagi bayramga hamoxang bo‘ldi»

Aziz To‘xtaboyev: «Bugungi g‘alaba Qo‘qondagi bayramga hamoxang bo‘ldi»

Baho:
+ | -

Superliga 19-tur doirasidagi “Qo‘qon-1912” – “Bunyodkor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Qo‘qon-1912” jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchisi Aziz To‘xtaboyev qatnashdi.

— Bugungi g‘alaba bilan barchani tabriklayman. Bizni qo‘llab turgan barcha muxlislarimizga cheksiz minnatdorchilik bildiraman. Qo‘qonda “Xalqaro hunarmandchilik festivali” bo‘lib o‘tayotganidan xabaringiz bor. Bugungi g‘alaba Qo‘qondagi bayramga hamoxang bo‘ldi. Tezkor gol bizga ham yordam berdi, ham zararimizga ishladi. Hisobni ochgach, biroz xotirjamlikka berildik. Ikkinchi bo‘limda futbolchilarimiz yana shiddatni oshirib raqibni yirik hisobda mag‘lub etishdi.

Bir necha oydan beri Timur Kapadze o‘zining maslahatlari bilan jamoamiz muvaffaqiyatlarida hissa qo‘shmoqda. U kishi O‘FAdagi ishlaridan bo‘sh vaqtlarida o‘z yordamlarini berib kelyapti, buning uchun Temur akaga rahmat aytaman.

Birinchi bo‘lim o‘rtalariga kelib tashabbusni raqibga berib qo‘ygandek bo‘ldik. Tanaffusda futbolchilarga kerakli ko‘rsatmalarni berdik. Qarshi hujumdan samarali foydalanishni aytdik. Ular ko‘rsatmalarimni to‘liq bajarishdi.

Avazxon Mamatxo‘jayev o‘z imkoniyatlaridan hali beshdan birini ham ko‘rsatgani yo‘q. Uning potensiali juda yuqori. Biz agar Avazxondan to‘g‘ri foydalansak kelajakda terma jamoamizga ham yordam beradigan futbolchi bo‘ladi.

Otabek Haydarov birinchi davrani Qirg‘izistonda o‘tkazdi. Uning imkoniyatlarini mendan yaxshi biladigan mutaxassis bo‘lmasa kerak. Unga biroz omad va vaziyatlarda sovuqqonlik yetishmayapti. Birinchi golini urib olgach, o‘yini kuchayib ketishiga ishonchim komil. Otabekka hozir muxlislarimizning ruhiy daldalari juda zarur.

“Qo‘qon-1912” jamoasini uy jamoasi deyish noto‘g‘ri bo‘lsa kerak. Sababi biz safarda ikkita g‘alaba qozondik. Ikkita durang o‘ynadik. Tan olish lozim, o‘z maydonimizda g‘alaba qozonishning gashti boshqacha.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 23:58, 15.09.2019.
O'qildi: 2688 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик