Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

OFK delegasiyasi O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbariyati bilan uchrashdi

OFK delegasiyasi O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbariyati bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

Osiyo futbol konfederasiyasi Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga tashrif buyurdi.

Martabali mehmonni O‘zbekiston futbol assosiasiyasi prezidenti Abdusalom Azizov, O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov, O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev hamda vazirning birinchi o‘rinbosari Oybek Kasimov kutib olishdi.

Dastlab, O‘FA qoshidagi maydonda yosh futbolchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi va ularga mehmonlar tomonidan futbol to‘plari sovg‘a tariqasida taqdim etildi. Shundan so‘ng OFK va O‘FA rahbariyatining o‘zaro muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Dastlab, O‘FA Prezidenti Abdusalom Azizov so‘zga chiqib, mehmonlarning yurtimizga tashrifidan mamnun ekanligini bildirdi:

“Janob, Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa, O‘zbekistonga xush kelibsiz! Sizni go‘zal diyorimizda ko‘rib turganimizdan bag‘oyat xursandmiz. Eng avvalo sizga Osiyo futboli rivoji yo‘lida amalga oshirayotgan muvaffaqiyatli faoliyatingiz uchun minnatdorchilik bildirib o‘tmoqchiman. Hozirgi kunga kelib OFK dunyoning eng katta va salmoqli sport tashkilotlaridan biriga aylangan. O‘zbekiston futbol assosiasiyasi OFKning har qanday tashabbuslari va loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi va hamkorlik qilish istagini bildiradi.

O‘zbekistonda futbolni juda yaxshi ko‘rishadi. Ana shu muxlislar uchun ham biz futbolimizni yangi bosqichga olib chiqishimiz, g‘alabalarni qaytarishimiz kerak.

Bundan tashqari, mamlakatimiz Osiyo futbolidagi yirik turnirlarni ham qabul qilish uchun harakatlarni boshlab yuborgan. Biz 2020 yildagi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati va 2022 yilgi ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogi mezbonligiga o‘z nomzodimizni qo‘yganmiz. Agar musobaqalar bizga ishonib topshirilsa, ularni eng yuqori saviyada o‘tkazish uchun bor salohiyatimizni ishga solamiz”, deya ta’kidladi Abdusalom Azizov.

O‘z navbatida Shayx Salmon ham O‘zbekiston bilan hamkorlik Osiyo futbol konfederasiyasi uchun qanchalik muhim ekanligini ta’kidlab o‘tdi:

“Bizga ko‘rsatilayotgan e’tibor uchun sizga va mehmondo‘st o‘zbek xalqiga minnatdorchilik bildirib o‘tmoqchiman. OFK O‘zbekistonni o‘zining eng ishonchli hamkorlaridan biri deb biladi. Yurtingizda futbolga Davlat rahbariyati darajasida e’tibor qaratilishi va o‘zbek xalqi futbolni qanchalik yaxshi ko‘rishini biz juda yaxshi bilamiz va bundan xursandmiz. Bunday mamlakatlar Osiyo qit’asida futbolning ommalashishi va rivojlanishida katta o‘rin tutishadi. Men go‘zal yurtingizga to‘rtinchi bor tashrif buyurdim. Har safar ushbu mamlakatning salohiyati va futboldagi imkoniyatlari qanchalik yuqori ekanligini o‘zim uchun qayd etib o‘taman. Bu safargi tashrifim alohida ahamiyat kasb etadi. Birinchi navbatda siz bilan tanishish imkoniyati paydo bo‘ldi. Ko‘rib turibmanki, bu yerda xaqiqiy professionallar va o‘z ishining fidoiylari yig‘ilgan. Mening taklifim munosabatlarning yangi sahifasini ochishdan iborat va muloqotimizni samimiy, do‘stona va to‘liq ishonch asosda yo‘lga qo‘yishdan iborat. Chunki aynan do‘stlik va ishonch o‘zaro manfaatli hamkorlikning muvaffaqiyat kaliti hisoblanadi. Yoshlar o‘rtasidagi qit’a birinchiligi va ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogi bo‘yicha tez fursat ichida OFK delegasiyasini yuboramiz va o‘z tavsiyalarimizni beramiz. Biz, shuningdek, O‘zbekistonning kadrlar salohiyatidan konfederasiyamizda ham foydalanish niyatidamiz. Shu sababli ham sizning tavsiyangizga asoslangan holda o‘zbekistonlik mutaxassislarni turli qo‘mita a’zoligiga bajonidil qabul qilishga tayyormiz. Osiyo futbolining eng taniqli shaxslaridan biri Ravshan Ermatov ushbu jamoa a’zosi ekanligi bizni alohida quvontirmoqda. Ermatovning tajribasi nafaqat o‘zbek futboliga, balki Osiyo futboliga juda kerak. U jahon futbolida bizning qit’amiz yuzi hisoblanadi va Osiyo futbolining halol o‘yin borasidagi elchisi deb bemalol ayta olaman. Ijozatingiz bilan OFK va O‘FA o‘rtasidagi bevosita muloqotni yo‘lga qo‘ysak va futbol rivoji yo‘lida bamaslahat ish tutsak. Mening tashrifimdan asosiy maqsad ham shu”, deya ta’kidladi Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa.

O‘FA tomonidan rejalashtirilayotgan terma jamoalar uchun baza bo‘lishi muljallanayotgan futbol markazi loyihasi haqida avval xabar bergan edik. Uchrashuv davomida OFK Prezidentiga ushbu loyiha namoyish etildi. Shayx Salmon loyihaga yuqori baho berdi va FIFAning futbolni rivojlantirish qo‘mitasi mas’ullaridan biri sifatida ushbu tashkilotni ham loyihani qo‘llab-quvvatlashga chaqirishini aytib o‘tdi.
 
Muloqot davomida tomonlar o‘zaro hamkorlik doirasida yana ko‘plab dolzarb masalalarni muxokama qildilar hamda yurtimiz va qit’a futboli manfaatlariga xizmat qilishga qaratilgan kelishuvlarga erishdilar.
 
Uchrashuv so‘ngida Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa hamda Abdusalom Azizov esdalik nishonlari bilan almashishdi va iliq, do‘stona muloqot uchun o‘zaro minnatdorchilik bildirib o‘tishdi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 17:33, 16.09.2019.
O'qildi: 3019 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.