Kirish Ro'yxatdan o'tish

Tarixiy voqelik! Yunon-rim kurashchilarimiz JCHni umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinda yakunlashdi

Tarixiy voqelik! Yunon-rim kurashchilarimiz JCHni umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinda yakunlashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Nur-Sultan shahri mezbonlik qilayotgan sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionatida yunon-rim kurashi ustalarining chiqishi yakunlandi. E’tiborlisi, unda O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi. Ta’kidlash joiz, terma jamoamiz jahon chempionatlarida ilk bor kuchli uchlikdan joy olgani yanada ahamiyatli.

Bu borada rossiyalik kurashchilar yetakchilik qilishdi. Shuningdek, gruzin polvonlari kuchli uchlikni yakunlab bergan. Bu natija terma jamoamiz uchun joriy yilning 30 noyabr – 1 dekabr kunlari Eron poytaxtida o‘tadigan eng kuchli 8 terma jamoa ishtirokidagi jahon kubogida ishtirok etish huquqini beradi.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionatida klassik kurashchilarimiz 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Qolgan vakillarimiz esa umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni olishimiz uchun qimmatli ochkolar taqdim qildilar. Jahon chempionatida quyidagi vakillarimiz sovrindor bo‘lishdi:

Kumush medal:
-72 kg: Aram Vardanyan

Bronza medal:
-77 kg: Jalgasbay Berdimuratov
-87 kg: Rustam Assakalov

 

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 21:25, 17.09.2019.
O'qildi: 3827 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик