Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Yekaterinburg-2019. Ro‘zmetov chorak finalga chiqdi

Yekaterinburg-2019. Ro‘zmetov chorak finalga chiqdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Yekaterinburgda boks bo‘yicha jahon chempionatining nimchorak final bosqichi janglari yakuniga yetib bormoqda.

Hozirgina -81 kg. vazn toifasida Dilshodbek Ro‘zmetov ruminiyalik Andrei Aradoayga qarshi jang olib bordi. Hamyurtimiz jang boshidan faollik namoyish qilib, birinchi raundda ustunlikka ega bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limda esa bo‘y jihatdan ustunlikka ega bo‘lgan rumin bokschisi vaziyatni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Boz ustiga, jang referisi vatandoshimizga ogohlantirish berdi.

Uchinchi raundda Dilshodbek aniqroq va ko‘proq zarba berib, jangni o‘z foydasiga hal qildi. Hakamlarning baholari — 5:0 (29:27, 28*:28, 29:27, 28*:28, 28:28).
 
Ro‘zmetov chorak finalda Umar Jambekov (Avstriya) / Loren Alfonso (Ozarboyjon) juftligi g‘olibiga qarshi ringga ko‘tariladi.

Shu tariqa, Jahon chempionatida to‘rtinchi bokschimiz chorak finalga chiqqan bo‘lsa, 3 nafar hamyurtimiz musobaqani tark etdi. Birozdan keyin eng og‘ir vazndagi bokschimiz Bahodir Jalolov o‘zining dastlabki jangini o‘tkazadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:40, 17.09.2019.
O'qildi: 2041 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик