Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Vulverhempton - Liverpul
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Yekaterinburg-2019. Yarim finalda eng ko‘p ishtirokchi Qozog‘iston va O‘zbekistondan (+ro‘yxat)

Yekaterinburg-2019. Yarim finalda eng ko‘p ishtirokchi Qozog‘iston va O‘zbekistondan (+ro‘yxat)

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatining chorak final janglari yakuniga yetdi. Sakkizta vazn toifasida yarim finalga chiqqan 32 bokschining nomi aniq bo‘ldi. Xabaringiz bor, ular JCHni albatta medal bilan tark etishadi.

Yarim finalga qo‘shni Qozog‘iston delegasiyasi eng ko‘p bokschi bilan yetib keldi — 6 nafar. Musobaqa davomida ularning bor-yo‘g‘i ikki sportchisi mag‘lub bo‘ldi. Ulardan biri — Qayrat Yeraliyevni vatandoshimiz Mirazizbek Mirzaxalilov turnirdan chiqarib yubordi.

Yarim finaldagi ishtirokchilari soni bo‘yicha ikkinchi pog‘ona O‘zbekiston delegasiyasiga tegishli bo‘ldi — 5 nafar. Bu borada uchinchi o‘rinni Rossiya egalladi — 4 bokschi.

Kutilmaganda, Kuba bor-yo‘g‘i 3 nafar bokschi bilan yarim final bosqichiga yetib keldi. Shuningdek, Angliya ham bu bosqichda 3 sportchiga ega. Mo‘g‘ulistonning ikki sportchisi final yo‘llanmasi uchun jang qiladi. To‘qqiz mamlakatning bir nafardan bokschisi yarim finalda jang qiladigan bo‘lishdi.

Yarim final janglari 20 sentyabr, final janglari esa 21 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Boks bo‘yicha jahon chempionati, yarim final juftliklari

52 kg.
Bilol Bennama (Fransiya) — Shahobiddin Zoirov (O‘zbekiston)
Saken Bibossinov (Qozog‘iston) — Amit Pangal (Hindiston)

57 kg.
Lazaro Alvares (Kuba) — Piter MakGreyl (Angliya)
Erdenebatin (Mo‘g‘uluston) — Mirazizbek Mirzaxalilov (O‘zbekiston)

63 kg.
Endi Krus (Kuba) — Mangish Kaushik (Hindiston)
Ogannes Bachkov (Armaniston) — Keyshaun Devis (AQSH)

69 kg.
Andrey Zamkovoy (Rossiya) — Ablayxan Jussupov (Qozog‘iston)
Bobo-Usmon Baturov (O‘zbekiston) — Pat MakKormak (Angliya)

75 kg.
Gleb Bakshi (Rossiya) — Xebert Konseysao (Braziliya)
Tursunbay Qulahmat (Qozog‘iston) — Eumir Marsial (Filippin)

81 kg.
Xulio Sezar La Krus (Kuba) — Bekzod Nurdauletov (Qozog‘iston)
Benjamin Uittaker (Angliya) — Dilshodbek Ro‘zmetov (O‘zbekiston)

91 kg.
Radoslav Pantaleev (Bolgariya) — Muslim Gadjimagometov (Rossiya)
Vasiliy Levit (Qozog‘iston) — Xulio Kastilyo (Ekvador)

+ 91 kg.
Qamshibek Qo‘nqabayev (Qozog‘iston) — Jastis Xani (Avstraliya)
Maksim Babanin (Rossiya) — Bahodir Jalolov (O‘zbekiston)

Bokschilari yarim finalga yetib kelgan mamlakatlar haqida:

Qozog‘iston — 6 nafar (52, 69, 75, 81, 91, 91+)
O‘zbekiston — 5 nafar (52, 57, 69, 81, 91+)
Rossiya — 4 nafar (69, 75, 91, 91+)
Angliya — 3 nafar (57, 69, 81)
Kuba — 3 nafar (57, 63, 81)
Mo‘g‘uliston — 2 nafar (57, 63)
Hindiston — 1 nafar (52)
Fransiya — 1 nafar (52)
AQSH — 1 nafar (63)
Armaniston — 1 nafar (63)
Braziliya — 1 nafar (75)
Filippin — 1 nafar (75)
Bolgariya — 1 nafar (91)
Ekvador — 1 nafar (91)
Avstraliya — 1 nafar (91+)

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:45, 18.09.2019.
O'qildi: 12173 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.