Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

YECHL. «B» guruhi. «Tottenxem» g‘alabani qo‘ldan chiqardi, «Bavariya» 3 ochkolik bo‘ldi

YECHL. «B» guruhi. «Tottenxem» g‘alabani qo‘ldan chiqardi, «Bavariya» 3 ochkolik bo‘ldi

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasi "V" guruhida ishtirok etayotgan "Tottenxem" Gresiyaga safar uyushtirib, bor-yo‘g‘i 1 ochko bilan qaytdi.

Vaholanki, londonliklar bahsning 30-daqiqasiga kelib ikkita to‘p farqi bilan oldinga o‘tib olishgan edi. Dastlab Xarri Keyn penaltidan samarali foydalangan bo‘lsa, oradan 4 daqiqa Lukas Moura hisobdagi farqni oshirgan edi.

Ammo «Olimpiakos» tezda muvozanatni tikladi. Jamoa birinchi bo‘lim tugash arafasida Podensening goli evaziga hisobni tenglashtirdi, ikkinchi bo‘lim boshida "Tottenxem" darvozasi tomon belgilangan penaltini Valbuena aniq amalga oshirdi.

«Bavariya» esa musobaqani yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi. Myunxenliklar «Srvena Zvezdu» darvozasiga javobsiz 3ta to‘p yo‘llashdi.

Yevropa chempionlar ligasi, 1-tur
"B" GURUHI
Olimpiakos Gresiya – Tottenxem Angliya 2:2 (1:2, 1:0)
Gollar: 0:1 – 26, penalti Keyn, 0:2 – 30 Lukas Moura, 1:2 – 44 Podense, 2:2 – 54, penalti Valbuena.
Olimpiakos – Joze Sa, Elabdellaui, Ruben Semedu, Merya, Simikas, Gilyerme, Buxalakis, Masuras (Randjelovich, 78), Valbuena (Benziya, 69), Podense, Gerrero (El-Arabi, 89).
Tottenxem – Lyoris, Sanches, Alderveyreld, Vertongen, Devis, Uinks, Ndombele (Sissoko, 62), Lukas Moura (Lamela, 76), Eriksen, Alli (Son Xin Min, 73), Keyn.
Ogohlantirishlar: Gilyerme (14), Uinks (88).

Bavariya Germaniya – Srvena Zvezda Serbiya 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 34 Koman, 2:0 – 80 Levandovski, 3:0 – 90 Myuller.
Bavariya – Noyer, Kimmix, Zyule, Pavar, Lyuka Ernandes, Tolisso (Martines, 65), Alkantara, Koman, Koutinyo (Myuller, 83), Perishich (Gnabri, 66), Levandovski.
Srvena Zvezda – Boryan, Gobelich, Milunovich, Degenek, Jander, Yovanchich (Vulich, 62), Kanyas, Garsiya (Vukanovich, 83), Marin, van La Parra, Pavkov (Boachi, 70).
Ogohlantirishlar: Degenek (51), Vulich (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 03:51, 19.09.2019.
O'qildi: 5433 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.