Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq 4-2 Tailand
03/02 15:00 Yaponiya 6-0 Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya 3-2 Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya - Milan

Yekaterinburg-2019. Eng ko‘p ishtirokchi O‘zbekistondan (+final janglari ro‘yxati)

Yekaterinburg-2019. Eng ko‘p ishtirokchi O‘zbekistondan (+final janglari ro‘yxati)

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Rossiyada davom etayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida bugun yarim final janglari bo‘lib o‘tdi. Sakkizta vazn toifasida finalga chiqqan 16 nafar sportchining nomi aniq bo‘ldi.

O‘zbekiston delegasiyasi finalda eng ko‘p ishtirokchiga ega bo‘ldi. Shahobiddin Zoirov (52 kg.), Mirazizbek Mirzaxalilov (57 kg.), Dilshodbek Ro‘zmetov (81 kg.) va Bahodir Jalolov (91+ kg.) chempionlik uchun ringga ko‘tarilishadi.

Hamyurtlarimizni finalda ancha shiddatli janglar kutib turibdi. Zoirov hindistonlik Amitga qarshi ringga chiqsa, Mirzaxalilovni kubalik Alvares kutib turibdi. Ro‘zmetov qozog‘istonlik Bekzod Nurdauletov bilan jang qiladi. Musobaqani superfinal yakunlab beradi — Jalolov - Qo‘nqabayev!

Mezbon Rossiya uch nafar bokschi bilan finalda ishtirok etadi. Qozog‘iston va Kuba esa ikki sportchi bilan hal qiluvchi bahslarda qatnashadi. Hindiston, AQSH, Angliya, Filippin va Ekvadorning bir nafardan bokschisi finalda ringga chiqish huquqini qo‘lga kiritdi.

Final janglari. Boshlanish vaqti — 15:00.

52 kg. Shahobiddin Zoirov (O‘zbekiston) — Amit Pangal (Hindiston)

57 kg. Lazaro Alvares (Kuba) — Mirazizbek Mirzaxalilov (O‘zbekiston)

63 kg. Endi Krus (Kuba) — Keyshaun Devis (AQSH)

69 kg. Andrey Zamkovoy (Rossiya) — Pat MakKormak (Angliya)

75 kg. Gleb Bakshi (Rossiya) — Eumir Marsial (Filippin)

81 kg. Bekzod Nurdauletov (Qozog‘iston) — Dilshodbek Ro‘zmetov (O‘zbekiston)

91 kg. Muslim Gadjimagometov (Rossiya) — Xulio Kastilyo (Ekvador)

+ 91 kg. Qamshibek Qo‘nqabayev (Qozog‘iston) — Bahodir Jalolov (O‘zbekiston)

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:18, 20.09.2019.
O'qildi: 15577 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.