Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Samvel Babayan: “Qo‘qon-1912 jamoasidan bejizga terma jamoalarga futbolchilar chaqirilmayapti”

Samvel Babayan: “Qo‘qon-1912 jamoasidan bejizga terma jamoalarga futbolchilar chaqirilmayapti”

Baho:
+ | -

Coca Cola superligasi 20-tur doirasidagi “Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “Lokomotiv” jamoasi ustozi Samvel Babayan ishtirok etdi.

- O‘yin haqida batafsil to‘xtalib o‘tmoqchiman. “Lokomotiv” o‘yinida g‘alati holatlar bo‘lyapti. Negadir, birinchi bo‘lib to‘p bizning darvozamizdan o‘rin olyapti. Futbol shunday shafqatsiz o‘yin ekanligini ta’kidlamoqchiman. Doim ham kuchli jamoa g‘alaba qozonavermaydi. “So‘g‘diyona” bilan bo‘lgan bahsda ham alamli mag‘lubiyatga uchradik.

Bugungi bahsga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandik. Qator vaziyatlarni yuzaga keltirdik. Afsuski, navbatdagi uchrashuvda ham durang o‘ynadik. Hisobda ortda qolib, hisobni tenglashtirganimiz uchun shogirdlarimga minnatdorchilik bildiraman. Ular bugun maydonda barcha ko‘rsatmalarimni to‘g‘ri bajarishdi.

Liga kubogidagi o‘yin bilan bugungisini solishtiradigan bo‘lsak, oldingi bahsda bunday yirik mag‘lubiyatga loyiq emasdik. Qolaversa liga kubogi o‘yinida har ikki jamoa ham boshqacha tarkiblar bilan, ya’ni yetakchilarsiz o‘ynagan edi.

Bugungi uchrashuv tamoman boshqacha edi. “Qo‘qon-1912” jamoasida ham kuchli futbolchilar jamlangan. Bekorga ushbu jamoadan turli terma jamoalarga o‘yinchilar taklif etilmayapti. Yosh murabbiyning keyingi faoliyatiga omad tilab qolaman.

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 21:21, 20.09.2019.
O'qildi: 3198 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик