Calciomercato nashrining xabariga ko‘ra, “Chelsi”ning fransiyalik hujumchisi Olivye Jiru qishki transfer oynasida jamoadan ketishi mumkin.
Futbolchi xizmatiga Milanning “Inter” klubi qiziqib qolgan. Jamoa yevrokuboklarning pley-off bosqichidan avval jamoa tarkibini kuchaytirmoqchi.
Ayni damda “neradzurrilar”ning asosiy hujumchisi Romelu Lukaku va Aleksis Sanches hisoblanadi. Ammo jamoa murabbiyi Antonio Konte jamoaga yana yangi futbolchilarni olib kelmoqchi.