Kirish Ro'yxatdan o'tish

To‘rt nafar dzyudochimiz oltin medal uchun tatamiga chiqadi

To‘rt nafar dzyudochimiz oltin medal uchun tatamiga chiqadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Dzyudo bo‘yicha Toshkent Gran-prisining ikkinchi kunida medallar uchun kurashadigan sportchilar nomi ma’lum bo‘ldi. E’tiborlisi, saralash bellashuvlaridan so‘ng xuddi boksdagi jahon chempionatida bo‘lgani kabi 4 nafar vakilimiz kechki dasturda oltin medal uchun bahs olib boradigan bo‘ldi. Shuningdek, yana bir vakilimiz bronza medali uchun tatamiga chiqadi. Yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, -81 kilogramm vazn toifasida ikki o‘zbekistonlik dzyudochi chempionlik uchun kurashadigan bo‘ldi. Kechki dasturda bahs olib boradigan dzyudochilarimiz va ularning raqiblari bilan tanishing:

-73 kg:
Final: Hikmatilloh To‘rayev – Behruzi Hojazoda (Tojikiston)

-81 kg:
Final: Sharofiddin Boltaboyev – Kamoliddin Rasulov
Bronza: Muso Sobirov – Shamil Borchashvili (Avstriya)

-70 kg:
Final: Gulnoza Matniyazova – Elisevet Telsidou (Gresiya)

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 15:39, 21.09.2019.
O'qildi: 2523 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.