Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal 3-0 Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad 2-0 Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr 3-1 Strasbur
04/05 18:30 Andijon 0-1 So‘g‘diyona
04/05 19:00 Byornli 1-4 Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted 1-3 Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford 0-0 Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid 3-0 Kadis
04/05 20:00 Monako 4-1 Klermon
04/05 21:00 Monsa 2-2 Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti 5-1 Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona 4-2 Barselona
04/05 22:00 Mets 2-3 Renn
04/05 23:45 Sassuolo 1-0 Inter
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion

Xavining bashoratlari

Xavining bashoratlari

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi va «Barselona» safidagi fantastir o‘yinlari orqali barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgan futbolchi sifatida tarixda qolishi aniq. Uning sunggi qit’a chempionatadan avvalroq qilgan taxmini qanchalar to‘g‘ri chiqanini barchamiz guvoxi buldik. Bugun qaxramonimiz tomonidan ancha avvalroq berilgan intervyularni taqdim etamiz. Uning topqirligiga qoyil qolmasdan ilojimiz yo‘q!

Antuan Grizman

Antuan men ko‘rgan hujumchilar orasida eng kuchlilaridan biri deb ayta olaman. U Fransiya terma jamoasida ham «Atletiko Madrid»da ham o‘yin natijasiga ta’sir o‘tkaza oladigan futbolchi hisoblanadi. Uning maydondagi harakatlari kishini quvontiradi. Antuan bilan bir necha bor maydonda to‘qnash kelganim uchun u haqida qo‘rqmasdan shu so‘zlarni aytmoqdaman. Tog‘ri Messi jamoani ortidan yetaklab yurishdan to‘xtamagunicha Grizman o‘z o‘yinini topa olmasligi mumkin, biroq u shusiz ham «Barselona»ni kuchaytira oladi.

Transfer amalga oshishidan bir yil avvalroq

Neymar

Men uni doim hurmat qilganman. U chinakam futbol daxosi. Neymar maydondagi har bir daqiqani san’at asariga aylantirishni istaydi va bu ishni uddasidan chiqadi. Ochig‘i undagi potensial Messidan boshqa hech kimda yo‘q. Agarda u "PSJ"ga o‘tib ketsa, buyuk futbolchi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy beradi. Menimcha uning PSJga utishi "Barselona" uchun o‘g‘ir zarba bo‘lar, biroq Neymar uchun ikki hissa qiyinroq bo‘ladi. Yeng achinarlisi shundaki, Neymar ketsa, u uchun Katoloniya yeshiklari hech qachon qayta ochilmaydi.

Neymarning PSJga o‘tishi haqidagi mish-mishlar avj olganda

 

Muhammad Salah



Salah dunyodagi eng tezkor futbolchilardan biriga aylanib bormoqda. Hozirda u Ronaldudan ham tezkor futbolchiga aylanib ulgurdi. Bundan tashqari, u katta tezlikda ham himoyachilarni aldab o‘tib ketishi mumkin. Salah istalgan jamoa uchun bosh og‘rig‘i bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik uni bir mavsum futbolchisi deb tahmin qilmoqda, lekin menimcha u kelajakda chinakam yulduz darajasida ko‘tarila oladi.

Xavi Salah haqida bir necha bor intervyu bergan bo‘lsada, u tomonidan Salah «Roma» jamoasida to‘p tepib yurgan davrlarda berilgan intervyuni taqdim etishga qaror qildik. Xavining topqirligiga qoyil qolmasdan ilojimiz yo‘q.


Mbappe



Killian jismonan juda rivojlangan futbolchi. Bundan tashqari katta tezlikda tana bilan ham yaxshi o‘ynay oladi. Hali 20 yoshga to‘lmagan yigitchaning shu qadar sifatli futbol namoyish etishiga qoyil qolmasdan ilojingiz yo‘q. U chinakam fantastik futbolchi. Afsuski, muammo ham aynan shunda. Agar Mbappe o‘sishdan to‘xtab qolsa, kelajakda uning o‘yinida keskin pasayish kuzatiladi. Ochig‘i unga Gvardiolaning jamoasida to‘p surishni maslahat bergan bo‘lar edim. Ana shundagina Mbappe o‘z o‘yinini yangi darajaga olib chiqa oladi.

2018-yilgi mundial oldidan bildirilgan fikr


Bonus

Andres bilan nafaqat maydonda balki hayotda ham birga ko‘p g‘alabalar va ko‘plab mag‘lubiyatlarni boshdan kechirganmiz. Uning «Barselona»nit ark etishi haqidagi xabar bugun yoki ertaga e’lon qilinishini tahmin qilayotgan bo‘lsamda, bunga ishonish qiyin. Ochig‘I butun hayoting o‘tgan klubdan ketish naqadar og‘ir ekanligini men yaxshi his etganim bois, Inyestaning ko‘nglidan nima o‘tayotganini tasavvur qilyapman. Do‘stim, sen futbol olamida o‘z so‘zingni ayta olgan omadli insonsan. Sen kabi buyuk futbolchi bilan bir jamoada to‘p surganimdan faxrlanaman.

Inyestaning "Barselona"dagi so‘nggi o‘yinidan so‘ng ijtimoiy tarmoqda qoldirilgan post

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 01:28, 23.09.2019.
O'qildi: 15792 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.