Bundan bir necha kun ilgari e’tiboringizga transfer qiymati keskin ko‘tarilgan futbolchilar haqida ma’lumot bergan edik. Bugun esa, kutilmaganda transfer bozorida narxi tushib ketgan futbolchilar haqida so‘z boradi.
Yan Vertongen
Belgiyalik futbolchi 2012-yildan beri «Tottenhem» safida ishonchli o‘yin ko‘rsatib kelayotgan himoyachi o‘zining unversalligi bilan ajralib turadi. U qanot himoyasida va markaziy himoyada katta naf keltiradi. Bundan tashqari, Pochetinyo ba’zan uni tayanch yarim himoyachisi sifatida ham maydonga tushirishi mumkin. Bundan bir mavsum ilgari 30-35 million yevro atrofida baholangan Vertongenning narxi 10 million yevroga arzonlab ketdi va 22 millionni tashkil etmoqda. Afsuski, keying mavsumda bu ko‘rsatgich yanada pastlab ketishi mumkin. Vertonger qanchalar ishonchli bo‘lmasin, yillar o‘z kuchini ko‘rsatmay qolmaydi.
Shkordan Mustafi
O‘tgan mavsumda murabbiy bilan chiqisha olmgan himoyachi yangi mavsumda to‘liq Zahira futbolchisiga aylanib qoldi. «Arsenal» ustozi Unay Emiri esa, aynan Mustafining o‘rnini David Luiz bilan to‘ldirishga qaror qildi va braziliyalik futbolchi ishonchni to‘liq oqlamoqda. Bechora Mustafining transfer marketdagi narxi ham birdan pasayib ketdi. O‘tgan mavsumda 30 million yevroga baholangan himoyachini 15 million yevroga ham hech kim qo‘lga kiritishni istamayapti.
Markos Alonso
Antonio Konte davrida o‘zining eng kuchli futbollini namoyish etgan himoyachining narxi tobora tushib bormoqda. «Chelsi» futbolchisining narxi xozirda 30 million yevroni tashkil etmoqda. Vaholanki, shu yilning iyun oyida ushbu ko‘rsatkich 40 million atorofida edi. Bu mavsumda Alonso maydonga tez-tez tushib turgan bo‘lsada, uning o‘yinlarida pasayish kuzatilmoqda.
Erik Dayer
O‘z faoliyatini Portugaliyada boshlagan Dayer «Tottenhem» klubiga o‘tgach markaziy himoyachi rolini tayanch yarim himoyachisiga o‘zgartirgan bo‘lsada, bu uning o‘yinlariga ta’sir o‘tkazgani yo‘q. Afsuski, yangi mavsumda futbolchi asosiy tarkibdagi o‘rnini berib qo‘ydi va hozircha birorta uchrashuvda maydonga tushganicha yo‘q. Shunga qaramay uning narxi qisqa muddatda 10 millon yevroga arzonlab ketdi. Hozirda transfermarket nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra, Erikning qiymati 30 million va bu ko‘rsatgich u maydonga tushmasa yanada kamayib ketadi.
Nabi Keyta
«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp tomonidan strategic maqsadlar yo‘lida harid qilingan futbolchi jamoaga moslashib keta olmayapti. Boz ustiga jarohatlar ham Keytani qiyin ahvolda qoldirmoqda. Transfermarket narxi xozirda Nabi Keytaning qiymatini 10 million yevroga arzonlaganini e’lon qildi. Ayni daqiqada transfermarket analitiklari hisob-kitobiga ko‘ra Keytaning 10 jihat sababli tez orada yana qiymati tushib ketadi.