Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Germaniyalik Laura: Yurtingizda sportga bo‘lgan e’tibor meni quvontirdi

Germaniyalik Laura: Yurtingizda sportga bo‘lgan e’tibor meni quvontirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor ayni kunlarda poytaxtimizdagi muhtasham “Humo Arena” paradzyudo bo‘yicha IBSA Gran-prisiga mezbonlik qilmoqda. Ushbu  musobaqada ishtirok etish uchun 35 dan ortiq davlatdan 200 nafarga yaqin sportchilar Toshkentga yetib kelishgan.

Aytish kerakki, musobaqani tomosha qilish uchun “Humo arena”ga minglab ishqibozlar tashrif buyurishmoqda. Ular orasida o‘z mamlakatini qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan muxlislarni ham ko‘rish mumkin. Shulardan biri germaniyalik Laura. U ko‘hna qit’adan Gran-prida ishtirok etadigan dugonasini qo‘llab-quvvatlash uchun yurtimizga kelgan. Biz esa u bilan qisqacha suhbat uyushtirdik.

– O‘zbekistonga hush kelibsiz!

-Rahmat. Meni bu yerda juda iliq kutib olishdi. Aeroportning o‘zidayoq bu yerning odamlari judayam hushmoamala va mehmondo‘st ekanini bildim.

-O‘zbekiston haqida ilk taassurotlaringiz qanday? Hozircha qayerlarni tomosha qildingiz va qayerlarda bo‘ldingiz?

-Hozircha faqat Toshkentning e’tiborga moliq joylarida bo‘ldim. Tashkilotchilar bizga tarjimonlarni biriktirib berishdi. Bizga biriktirilgan tarjimon qiz butun shaharni ko‘rsatdi. Ayniqsa menga Chorsu bozori judayam yoqdi. Haqiqiy sharqona bozor. U yerdan turli quruq mevalar va ziravorlar xarid qildik. Ha aytgancha, o‘zbek mevalari va taomlari judayam mazali ekan.

-Musobaqalar bo‘lib o‘tayotgan “Humo Arena” haqida fikringiz.

-O‘zgacha dizaynga ega jahon standartidagi ajoyib inshoot. Bu yerda muxlislar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. O‘tkaziladigan har qanday musobaqani maroq bilan tomosha qilish mumkin. Paradzyudo bo‘yicha Gran-prini bunday joyda o‘tkazilayotgani sportchilarga ham, muxlislarga ham birdek yoqimli. Yurtingizda sportga qaratilayotgan bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik meni quvontirdi.

-O‘zbekistonga yana kelish niyatingiz bormi?

-Albatta. Lekin musobaqa yakunlangach bir necha kun qolib, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi tarixiy shaharlarni o‘z ko‘zim bilan borib ko‘rmoqchiman.

 

Manba: www.paralympic.uz
Kiritildi: 17:31, 24.09.2019.
O'qildi: 1308 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик