Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Toshkent Gran-prisidan keyin dzyudochilarimizning Olimpiya reytingidagi o‘rni qanday?

Toshkent Gran-prisidan keyin dzyudochilarimizning Olimpiya reytingidagi o‘rni qanday?

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xalqaro dzyudo federasiyasi ortda qolgan Toshkent Gran-prisidan so‘ng dzyudochilarning yangilangan Olimpiya reytingini e’lon qildi. E’tiborlisi, Gran-prida zafar quchgan Hikmatilloh To‘rayev (-73 kg) va Sharofiddin Boltaboyev (-81 kg) reytingda sezilarli darajada o‘sishga erishdi. Garchi Toshkent musobaqasini o‘tkazib yuborgan bo‘lsa ham Sharofiddin Lutfillayev -60 kg vaznda Olimpiya reytingini boshqarib turibdi.

-60 kg:
1(1). Sharofiddin Lutfillayev (O‘zbekiston) – 3607 ochko
21(31). Diyorbek O‘rozboyev – 1160 ochko (yo‘llanma zonasida)
45(56). Kemran Nurillayev – 597 ochko (yo‘llanma zonasida emas)

-66 kg:
1. Joshiro Maruyama (Yaponiya) – 4250 ochko
16(21). Sardor Nurullayev – 1644 ochko (yo‘llanma zonasida)
23(22). Shahram Ahadov – 1239 ochko (yo‘llanma zonasida)

-73 kg:
1. Rustam Orujov (Ozarbayjon) – 3465 ochko
12(17). Hikmatilloh To‘rayev – 2076 ochko (yo‘llanma zonasida)

-81 kg:
1. Sagi Muki (Isroil) – 4384 ochko
8(23). Sharofiddin Boltaboyev – 1925 (yo‘llanma zonasida)
-90 kg:
1. Noyel van T End (Gollandiya) – 3901 ochko
61(68). Davlat Bobonov – 435 ochko (yo‘llanma zonasida emas)

-100 kg:
1. Xorxe Fonseka (Portugaliya) – 3876 ochko
24(25). Muhammadkarim Xurramov – 1243 (yo‘llanma zonasida)

+100 kg:
1. Lukash Krpalek (Chexiya) – 4411 ochko
5(11). Bekmurod Oltiboyev – 2234 ochko (yo‘llanma zonasida)
41(50). Alisher Yusupov – 689 ochko (yo‘llanma zonasida emas)

Ayollar:
-52 kg:
1. Nasumi Sunoda (Yaponiya) – 2650 ochko
28(26). Diyora Keldiyorova – 991 ochko (qit’aviy kvota)

-70 kg:
1. Maria Eve Gaxe (Fransiya) – 4090 ochko
23(30). Gulnoza Matniyazova – 1330 ochko (yo‘llanma zonasida)

Eslatma!
– Yuqorida faqat Olimpiada reytingi keltirib o‘tilgan, jahon reytingi emas.
– Reytingda yetakchi va unga eng yaqin vakillarimiz ko‘rsatilgan.
– Bir vaznda 2 yoki undan ortiq dzyudochi yo‘llanma zonasida bo‘lsa, qaysi sportchi Olimpiadaga borishini MOQ va federasiya tanlaydi.
– Olimpiada reytingini yig‘ish 2020 yilning 25 may sanasida yakunlanadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 18:17, 24.09.2019.
O'qildi: 1896 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.