Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan 3-0 Verona
28/12 19:00 Cremonese 0-2 Napoli
28/12 19:00 Sanderlend 1-1 Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas 0-1 Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya 1-1 Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa

Hasanboy Do‘smatov professional boksdagi debyut jangidayoq jahon rekordini o‘rnatishi mumkin

Hasanboy Do‘smatov professional boksdagi debyut jangidayoq jahon rekordini o‘rnatishi mumkin

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Professional boksda faoliyatini boshlayotgan Hasanboy Do‘smatov tez orada o‘zining debyut jangini o‘tkazadi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri manbalari xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Do‘smatovning promouterlari ayni vaqtda uning debyut jangidayoq chempionlik kamari uchun ringga chiqishi ustida bosh qotirmoqda. Bu borada nufuzli boks tashkilotlari bilan muzokaralar olib borilmoqda. Hozircha Do‘smatovning aynan qaysi chempionlik kamari uchun ringga chiqishi mumkinligi noma’lum bo‘lib turibdi.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, bu jang birinchi o‘ta yengil (-48,99 kg, 108 fut) vazn toifasining WBA Regular (oddiy jahon chempionligi) kamari uchun tashkillashtirilishi mumkin. Ma’lumot uchun bu vaznda venesuelalik Karlos Kanisales (22-0-1, 17 KO) mazkur chempionlik kamari sohibi sanaladi. U o‘tgan yili professional boksda atigi bitta jang o‘tkazgan xitoylik Bin Luga (1-1, 1 KO) qarshi chempionlik kamari himoyasida ishtirok etgan. Promouterlar Hasanboy Do‘smatovning olimpiada chempionligi sabab birinchi jangdayoq bunday nufuzli jangda ishtirok eta olishiga ishonmoqda va bu borada tegishli tashkilotlar bilan muzokaralar davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, hozirgacha biror-bir bokschi birinchi jangidayoq jahon chempionlik kamarini qo‘lga kiritmagan. Agar Hasanboy chempionlik uchun jangda ishtirok etsa va g‘alaba qozonsa, bu borada tarixiy rekordni qayd etgan bo‘lardi. Hozircha esa barchasi faqatgina muzokara jarayonida ekanini eslatib o‘tamiz.

Manba: gosport.uz
Kiritildi: 12:36, 25.09.2019.
O'qildi: 12737 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.