Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Shota Arveladze: "Sovrinlar sari intilishda davom etamiz"

Shota Arveladze: "Sovrinlar sari intilishda davom etamiz"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Kubogi yarim final uchrashuvidan keyin "Paxtakor" bosh murabbiyi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Kubok sovrin yutish uchun eng qisqa yo‘l sanaladi. Chempionatda mavsum uzoq davom etadi. Unda g‘olib chiqishga 26, 30 yoki 38 o‘yindan iborat mavsumda barqaror o‘ynash lozim. Kubokda esa 4 yoki 5 bahsdan so‘ng sovringa ega chiqish imkoniyati mavjud. O‘tgan mavsum ham finalda o‘ynagandik. Bu yil esa uni yutishni istaymiz.

"Nasaf" yaxshi jamoa, ular futbol o‘ynashga harakat qilishadi. "Nasaf", "Bunyodkor" va "Lokomotiv" kabi jamoalarga qarshi o‘ynash menga yoqadi. Ular yaxshi o‘yin ko‘rsatishga intilishadi. Raqib qarshi hujumlarda ancha kuchli ekanini bilardik. Birinchi bo‘lib to‘p o‘tkazib yuborgan bo‘lsak-da, tezda vaziyatni o‘ngladik va ikki gol urdik. "Nasaf" ko‘proq himoyaga e’tibor qaratib, bellashuvni besh himoyachi bilan boshladi. Ikkinchi bo‘limda esa bir qator qulay imkoniyatlardan foydalana olmadik. O‘yinni vaqtliroq tugatish imkoniyatiga ega bo‘lgandik. Muxlislarga futbol sifati ma’qul keldi deb o‘ylayman. 12-13 ming atrofida ishqiboz stadionga tashrif buyurdi. Raqibni ham yaxshi futbol bilan tabriklayman.

Chempionatda hali oltita o‘yin bor. Unda biz chempion ekanimizni ko‘rsatishimiz lozim bo‘ladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Kubogi finalida o‘ynaymiz. Liga Kubogida yarim final bahsi kutib turibdi. Oldinga intilib, sovrinlar sari kurashishda davom etamiz. Imkoniyat bor ekan, har uch musobaqada g‘olib chiqishga intilamiz.

Manba: www.pakhtakor.uz
Kiritildi: 06:53, 27.09.2019.
O'qildi: 2832 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.