Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/10 00:00 Real Madrid 1-0 Vilyarreal
11/10 16:00 OKMK 2-2 Navbahor
11/10 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Lokomotiv
11/10 17:00 Elche - Selta
11/10 18:00 Kristal Pelas - Nottingem Forest
11/10 18:00 Xall Siti - Everton
11/10 19:15 Real Sosyedad - Deportivo
11/10 20:30 Liverpul - Manchester Siti
11/10 21:30 Betis - Osasuna
12/10 00:00 Rasing - Valensiya
12/10 18:45 Paxtakor - Al-Qodisiya
12/10 21:00 Al-Vasl - Al-Ahli (SA)
12/10 21:00 Traktor - Ash-Shamol
12/10 23:15 An-Nasr (SA) - Neftchi
12/10 23:15 Al-G‘arafa - Istiqlol
12/10 23:15 Al-Quva al-Javiya - Al-Ayn
13/10 00:00 Koventri Siti - Nyukasl
13/10 00:00 Levante - Sevilya

Obid Jo‘raboyev: “Muxlislar “Navbahor”ning o‘z maydonidagi g‘alabasini sog‘inishdi”

Obid Jo‘raboyev: “Muxlislar “Navbahor”ning o‘z maydonidagi g‘alabasini sog‘inishdi”

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, Coca Cola Superliga 21-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” o‘z maydonida Samarqandning “Dinamo” klubini qabul qiladi. Mazkur o‘yinga jamoamiz a’zolari jiddiy tayyorgarlik ko‘rishmoqda. “Lochinlar”ning navbatdagi mashg‘ulotlari yakunlangach, namanganliklarning  tajribali himoyachisi Obid Jo‘raboyev bo‘lajak uchrashuv borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

- Mashg‘ulotlarda barchamiz astoydil ter to‘kyapmiz. Chunki bo‘lajak bahsda zafar quchib, ishqibozlarni quvontirishimiz shart. Boisi, muxlislar “Navbahor”ning o‘z maydonidagi g‘alabasini sog‘inishdi.

To‘g‘ri, “Dinamo”ning 2-davra o‘yinlarida omadi kelmay, mag‘lubiyatlar girdobidan chiqolmayapti va ayni paytda turnir jadvalining quyi pog‘onasida bormoqda. Ammo raqibni mensimaslik, xotirjamlikka berilish yaxshilikka olib kelmasligi futbolda ko‘p marotaba o‘z isbotini topgan. Shuning uchun samarqandliklar bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapmiz.

Navbahor AGMK rasmi 4

Muxlislardan “Dinamo”ga qarshi kechadigan bahsda stadionni to‘ldirgan holda, jamoamizni munosib tarzda qo‘llab-quvvatlashlarini iltimos qilaman.

Biz – futbolchilar esa ularning ishonchlarini oqlash, zafar quchish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.

“Navbahor” – “Dinamo” uchrashuviga tashrif buyurib, bizni 12-o‘yinchi sifatida qo‘llab-quvvatlang, aziz muxlislar!

     “Navbahor” PFK matbuot xizmati.             

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 07:10, 27.09.2019.
O'qildi: 2889 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик