Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

MOQ rahbari O‘zbekiston xokkey federasiyasiga tabrik yo‘lladi

MOQ rahbari O‘zbekiston xokkey federasiyasiga tabrik yo‘lladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabar berganimizdek, kecha O‘zbekiston xokkey federasiyasi Xalqaro xokkey federasiyasi tarkibiga rasman qabul qilindi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari Rustam Shoabdurahmonov O‘zbekiston xokkey federasiyasi raisi Baxtiyor Fazilovga tabrik yo‘lladi. Jumladan, unda shunday deyiladi:

Hurmatli Baxtiyor Shuhratovich,

Sizni O‘zbekiston xokkey federasiyasining Xalqaro xokkey federasiyasiga a’zo bo‘lgani bilan chin dildan muborakbod etaman. Bu voqelik o‘zbek sporti tarixida unutilmas kunlardan biri sifatida muhrlanib qolajak.

Muhtaram Prezidentimizning jismoniy tarbiya va sportga, xususan, sportning qishki turlariga qaratayotgan yuksak e’tibori o‘laroq poytaxtimizda zamonaviy “Humo arena” muz saroyi qad rostladi. Bu yildan e’tiboran Rossiya Oliy xokkey ligasida ishtirok etayotgan Toshkentning “Humo” jamoasi ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilmoqda. Bunday muvaffaqiyatlar zamirida, shubhasiz, Sizning ham o‘z xissangiz bor.

Sizni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va katta sport jamoatchiligi nomidan yurtimizda xokkey bo‘yicha erishilayotgan mana shunday g‘alabalar bilan tabriklab, mashaqqatli faoliyatingizda yanada katta kuch-g‘ayrat tilab qolaman. Ishonamanki, xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi ham xalqaro maydonlarda munosib ishtirok etib, yaqin yillar ichida qishki Olimpiya o‘yinlarida qatnashish huquqini qo‘lga kirita oladi.

Hurmat va ehtirom ila,
MOQ prezidenti R.SHaabduraxmanov

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 14:21, 27.09.2019.
O'qildi: 2030 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик